1

JSST sog`lom ovqatlanish bo`yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqdi

Salomatlik 05.08.2023, 11:50
JSST sog`lom ovqatlanish bo`yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqdi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti prognoziga ko`ra, 2030 yilga borib, dunyo aholisining qariyb 45 foizi semizlikdan aziyat chekishi mumkin. Olimlar bu global muammoga sog`lom turmush tarzi orqali samarali echim topish mumkin, degan xulosada. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Shundan kelib chiqib, JSST sog`lom ovqatlanish bo`yicha yangi tavsiyalarini e`lon qildi.  

Unga ko`ra, kundalik yog` iste`moli kattalar rasionidan joy olgan mahsulotlar umumiy quvvatining 30 foizidan oshmasligi kerak.

Jumladan:  

10 foizgacha  — to`yingan yog`li kislotalar (yog`li go`sht, sut mahsulotlari, qatiq, sariyog` va boshqa turdagi yog`lar);

1 foizgacha — sanoat yo`li bilan ishlab chiqarilgan transyog`lar va hayvon yog`lari.

Qolaversa, JSST tavsiyalaridan shakar iste`molini cheklashga doir ko`rsatmalar ham joy olgan. Uning o`rniga sifatli uglevodlarni iste`mol qilish foydali ekanligi qayd etilgan.

Har bir inson o`z organizmi uchun zarur uglevodlarni, birinchi navbatda, don, sabzavot, meva va dukkakli mahsulotlardan olishi kerak.  

Xususan, kattalar kuniga kamida 400 gramm meva-sabzavot tanovul qilishi maqsadga muvofiq.  

Bolalar va o`smirlarning kunlik meva-sabzavotlar iste`moli esa quyidagi miqdorda bo`lishi tavsiya etiladi:

2-5 yosh — kamida 250 gramm;

6-9 yosh — kamida 350 gramm;

10 yosh va undan kattalar — kamida 400 gramm.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1