1

Qattiq xurrak otish, yomon uyqu va holsizlik nimaning alomatlari?

Salomatlik 28.01.2024, 10:07
Qattiq xurrak otish, yomon uyqu va holsizlik nimaning alomatlari?

Uyqu apnoe sindromi dunyo aholisi o`rtasida keng tarqalgan kasallik bo`lib, bugungi kunda 1 milliardan ortiq kishi ushbu xastalikka chalingan.  

Cindrom obstruktiv yoki markaziy bo`lishi mumkin. Kasallik asosan semizlik, tomoq, burun kasalliklari tufayli kelib chiqadi. 

Uyqu paytida qattiq xurrak otish, nafas siqilishi xastalikning asosiy belgilari hisoblanadi. Bundan tashqari, tunda uyquning tez-tez buzilishi tufayli ushbu xastalikka chalingan insonlar kunduzi o`zini holsiz va asabiy his qiladi.  

Bemorga aniq tashxis qo`yish uchun polisomnografiya (PSG) tekshiruvi o`tkazilib, maxsus uskuna yordamida insonning uyqu paytidagi fiziologik ko`rsatkichlari qayd etiladi.  

Uyqu apnoe sindromini davolash usuli uni keltirib chiqargan sabablarga qarab tanlanadi. Amaliyotda asosan doimiy musbat havo bosimini beruvchi maxsus qurilma qo`llaniladi. Bu qurilma nafas yo`llarini ochiq saqlashga yordam beradi va uxlash vaqtida ular to`silib qolishining oldini oladi.

Ayrim hollarda nafas olish yo`llarida jarrohlik amaliyotini bajarish yoki elektrostimulyasiya muolajasini o`tkazish zarurati tug`ilishi mumkin.  

Uyqu apnoe sindromini o`z vaqtida davolamasa, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertoniya, diabetga chalinish xavfi ortadi, xotira va diqqat-e`tibor susayadi.  

Kasallik profilaktikasi uchun bir qancha tavsiyalarga rioya qilish lozim. Xususan, sog`lom turmush tarzi, zararli odatlardan voz kechish, jismoniy faollik uyqu apnoe sindromiga chalinish xavfini bir necha barobarga kamaytiradi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1