1

O`zbekistonda bachadon bo`yni saratoni har 100 ming nafar ayoldan 11 nafarida uchraydi

Salomatlik 21.02.2024, 13:28
O`zbekistonda bachadon bo`yni saratoni har 100 ming nafar ayoldan 11 nafarida uchraydi

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamda  Janubiy Koreyaning KOFIH fondi o`rtasida tuzilgan hamkorlikdagi Memorandum asosida Toshkent shahrida 5 ta, Andijon viloyatida  2 ta, Samarqand viloyatining 4 ta oilaviy poliklinikalarda 30-49 yoshli ayollar orasida bepul skrining o`tkazildi. AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi rahbariyati, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, skriningdan o`tkazilgan jami 44258 nafar ayolning 338 nafarida bachadon bo`yni saraton oldi kasalliklari aniqlandi.  

JSST ayollarga bachadon bo`yni saratoniga chalinmasliklari uchun 25-49 yosh davrlarida har 3 yilda, 50-64 yosh davrlarida esa har 5 yilda skrining tekshiruvlaridan o`tib turishlarini tavsiya etadi.  

Qizlarni kelajakda bachadon bo`yni saratoni kasalligidan saqlash uchun esa ularni 9-14 yosh davrida odam papilloma virusiga qarshi emlash tavsiya etiladi.

Odam papilloma viruslariga qarshi emlash orqali bachadon bo`yi saratoniga chalinishni 90% holatlarda oldini olishga erishiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1