Zangiota tumanida “Mayning ferma” tashkil etgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi, DXX, IIB va ETK xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda “Tokzor” MFY hududidagi xonadonda yashovchi U.O. o`z uyida 6 dona to`plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`g`rilik yo`li bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 789,8 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.