1

Rossiyada o`zbekistonlik migrant odamlarni yong`indan qutqarib qoldi (video)

Jamiyat 27.04.2024, 10:45
Rossiyada o`zbekistonlik migrant odamlarni yong`indan qutqarib qoldi (video)

Joriy yilning 25 aprel kuni erta tongda Sankt-Peterburgda joylashgan Podolskaya ko`chasidagi tarixiy uy yonib ketdi. Yong`inga birinchi bo`lib ko`cha tozalovchi Olim etib borgan.
 

"Ertalab soat 6 da ishga keldim. To`satdan derazadan olov chiqayotganini ko`rib qoldim va darhol o`t o`chirish bo`limiga qo`ng`iroq qildim. Olov kuchaygani sari, odamlar derazadan tashqariga chiqa boshladi. Ayollar qichqirib, derazadan sakramoqchi bo`ldi. Men ularga "Sakramanglar, ular sizni hozir qutqaradilar", dedim. O`t o`chiruvchilar allaqachon zinapoyani ochgan edi", deb eslaydi o`zbekistonlik migrant.


Ammo odamlar qo`rquvdan uchinchi qavatdan sakrashga tayyor bo`lgan. Shu lahzada Olim akrobat kabi drenaj trubasiga ko`tarilgan. Olim mohirona harakatlari bilan uchinchi qavatga ko`tarilib olgan va ayollarga derazadan chiqib, karnizda turib olishga yordam bergan. Keyin o`t o`chiruvchilar kelib, narvonni o`rnatgan. Olim ayollarni pastga tushirishga yordam bergan.

Agar bu sahna o`tkinchilar tomonidan suratga olinmaganida, ko`rsatilgan jasorat noma`lumligicha qolar edi. Ijtimoiy tarmoqlarda jasur Olimning videosi paydo bo`ldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Olim 48 yoshda. U 7 yildan beri Sankt-Peterburgda yashaydi. O`zbekistonlik. O`zbekistonda u parashyutchilar safida xizmat qilgan va boks bilan shug`ullangan.
 

“Menimcha, agar 7-qavatga ko`tarilish kerak bo`lsa, men ko`tarilgan bo`lardim. Hammasi qanday sodir bo`lganini eslay olmayman. Juda tez sodir bo`ldi. Biz insonmiz, birga yashaymiz, bir-birimizga yordam berishimiz kerak”, - deydi o`zbekistonlik migrantning o`zi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1