“Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-139-son, 25.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yo`lkira haqi bo`yicha tushumlarni jamlash uchun joylardagi transport boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochilgan maxsus jamg`armalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga o`tkaziladi.
Joylarda iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida “Maxsus jamg`armalar mablag`larini boshqarish, yo`nalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari” tashkil etiladi.
2024 yil 1 iyungacha:
- jamoat transportida yo`lkira haqini to`lashda elektron to`lov tizimidan foydalanishni rag`batlantiruvchi tariflar joriy etilishi ta`minlanadi;
- Toshkent shahrida muntazam avtobus yo`nalishlarida yo`lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo`laklarda yo`l harakati qoidalari buzilishini qayd etish bo`yicha jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.