1

Toshkentda kuchli shamol sabab “svet” avariyaviy o`chdi

Jamiyat 28.03.2024, 11:32
Toshkentda kuchli shamol sabab “svet” avariyaviy o`chdi

Soat 09:33 da qattiq shamol natijasida Toshkent shahrida 110 kVli «L-K-D» elektr uzatish tarmog`i 60 MVt quvvat bilan avariyaviy o`chdi. Bu haqda Enegetika vazirligi xabar qildi.

Buning natijasida Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va O`rta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta iste`molchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta`minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda iste`molchilarni boshqa manbalardan ta`minlash choralari ko`rilyapti.

Soat 10:20 da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-kvartal, Xirmontepa mahallasida diametri 50 mm bo`lgan past bosimli gaz quvuri katta daraxt shamol oqibatida ildizidan qo`porilib tushgani bois uzilgan. Natijada ushbu hududdagi 16 ta ko`p qavatli uyning 768 ta xonadoni tabiiy gazdan vaqtincha uzilgan.

Ayni paytda noqulay ob-havo (qattiq shamol va yomg`ir) sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1