1

O`zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o`yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi

Jamiyat 26.04.2024, 20:45
O`zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o`yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi

“Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o`yinlarni tashkil etish va o`tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-68-son, 19.04.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligixabar berdi.

Farmonga ko`ra, 2025 yil 1 yanvardan:

internet tarmog`ida tavakkalchilikka asoslangan o`yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi;

lotereya, internet tarmog`ida o`yinlar va bukmekerlikni tashkil etish faoliyatlari qonunchilikka muvofiq Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) tomonidan beriladigan lisenziyalar asosida amalga oshiradi.

Lisenziyalar asosida tashkillashtirilgan lotereya, internet tarmog`idagi o`yinlar va bukmekerlik garovlarida faqat 18 yoshga to`lgan O`zbekiston rezidenti va norezidentlari qatnashishi mumkin.

2025 yil 1 yanvardan 5 yil muddatga lotereya hamda internet tarmog`ida o`yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini soliqqa tortishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi belgilanadi:

lotereya, internet tarmog`ida o`yinlarni tashkil etish faoliyatini yoki bukmekerlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar lotereya, internet tarmog`ida o`yinlarni tashkil etish faoliyatidan yoki bukmekerlik faoliyatidan olingan jami daromadidan to`langan yutuqlar va qaytarilgan stavkalar chegirilgan holda 4 foiz stavkasida aylanmadan olinadigan soliq to`lovchilari hisoblanadi;  

jismoniy shaxslarning Agentlik tomonidan berilgan lisenziyalar asosida o`tkaziladigan lotereyalar hamda internet tarmog`idagi o`yinlardan va bukmekerlik garovidan olingan yutuqlar sifatidagi daromadlari daromad solig`i to`lashdan ozod etiladi.  

Lotereya va internet tarmog`ida o`yinlar, bukmekerlik faoliyati tashkilotchilarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg`in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to`g`risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishini monitoring va nazorat qilish funksiyalari Agentlik va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1