Terrorchilik tashkiloti a`zosi bo`lgan andijonlik fuqaro qidirilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Dilshod Abdullaev 1982 yil Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug`ilgan. U 2018 yilda Janubiy Koreyaga boradi va “Javhad an nusra” xalqaro terroristik tashkilotning tarkibiy bo`linmasi hisoblangan “Tavhid va jihod katibasi” guruhining g`oyaviy etakchilari ta`siriga tushib qoladi. Ushbu tashkilot g`oyalarini qo`llab-quvvatlab, Janubiy Koreyadan Turkiyaga, u erdan Suriyaga o`tib, terrorchilik tashkiloti tarkibida faol jangovar harakatlarda qatnashib kelgan.
Dilshod Abdullaev hozirda ham jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgani aniqlangan. Olib borilgan surishtiruvlar natijasida unga nisbatan 2023 yilda jinoyat ishi qo`zg`atilib, qidiruv e`lon qilingan.