1

Tunda tanish ayolning mahallasiga borgan yigitni “samosud” qilib, pul talab qilgan fuqaro qamaldi

Jinoyat 31.03.2024, 10:23
Tunda tanish ayolning mahallasiga borgan yigitni “samosud” qilib, pul talab qilgan fuqaro qamaldi

Shartli ismi Nodir bo`lgan uchko`priklik fuqaro 2024 yil 18 fevral kuni tanishi shartli ismi Nozima bo`lgan ayol bilan qo`ng`iroqlashib,  tunda u yashaydigan mahallaga ya`ni  Bag`dod tumani “Zafarobod” MFY ga boradi. 

Shu qishloqda yashovchi shartli ismi  Oybek”bo`lgan  fuqaro Nodirni uchratib qolib Nozima bilan bo`lgan munosabatlaridan xabar topadi.   Oybek Nodirning hatti harakatlarini qoralab, uni haqorat qilib, mashinasiga o`tkazib  dala tomonga olib boradi. U erda Nodirni “samosud” qilib, ustki kiyimlarini echib olib, videotasvirga oladi. 2 kun ichida 1000 AQSh dollari olib kelmasa, videolarni ijtimoiy tarmoqda tarqatib sharmanda qilish bilan qo`rqitadi.  Sharmandali videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketishidan xavotirga tushgan   Nodir ariza bilan Uchko`prik tumani IIB ga murojaat qiladi. 2024 yil 20 fevral kuni  Ichki ishlar xodimlari tomonidan maxsus tadbir o`tkaziladi.  Tadbir davomida bag`dodlik Oybek tovlamachilik yo`li bilan Nodirdan oldindan talab qilingan 1000 AQSh dollarini olayotgan paytda  tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olinadi. Uning yonidan  maxsus ishlov berilgan pullar ashyoviy dalil tariqasida olinadi.

  - Mazkur holat yuzasidan Uchko`prik tumani IIB TB tomonidan O`z. Res. JK ning 165 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, - deydi  Uchko`prik tumani IIB TB katta tergovchisi  Laziz Akbarov. 

    - Shu o`rinda fuqarolarga tovlamachilik, ya`ni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo`rlik ishlatish, mulkka shikast etkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo`lgan ma`lumotlarni oshkor qilish bilan qo`rqitib mulkiy manfaatlar berishni talab qilish - jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini eslatib o`tamiz, - deyishmoqda ichki ishlar xodimlari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1