1

O`zbekistonda so`nggi uch yilda bolalar kambag`alligi kamaygan

Jamiyat 01.04.2024, 15:22
O`zbekistonda so`nggi uch yilda bolalar kambag`alligi kamaygan

O`zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag`alligi 7,8 foiz punktga kamaydi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi UNICEF bilan birgalikda O`zbekistondagi bolalarning monetar kambag`alligi darajasini baholadi. Tadqiqotda ijtimoiy himoya tizimining kambag`allik darajasiga ta`siri tahlil qilindi.

Hisob-kitoblarga ko`ra, ijtimoiy nafaqalar bo`lmasa, mamlakatda bolalar kambag`alligi darajasi 1,6 baravar oshadi. Bu Statistika agentligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda o`tkazilgan uy xo`jaliklari budjeti o`rganish ma`lumotlari asosida hisoblab chiqilgan.

2021-yilda o`tkazilgan so`rovda 10 ming xonadon ishtirok etgan bo`lsa, 2023-yilda mamlakat bo`ylab 16 mingdan ortiq oila o`rganilgan.

O`zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag`alligi 7,8 foiz punktga kamaydi. Natijalarga ko`ra, bolalar kambag`alligi darajasi 2021 yildagi 21,5 foizdan 2023 yilda 13,7 foizgacha kamaydi. Asosan, qishloq joylarda bolalarning kambag`allik darajasi 24,6 foizdan 14,5  foizgacha, shaharlarda esa 18 foizdan 13 foizgacha kamaydi.

Tadqiqot shuni ko`rsatganki, bolalar kambag`alligi darajasi eng past bo`lgan hududlar Navoiy viloyati va Toshkent shahri bo`lsa, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa bolalar kambag`alligining nisbatan yuqori ekani qayd etilgan.

Hisob-kitoblarga ko`ra, ijtimoiy nafaqalar bo`lmasa, mamlakatda bolalar kambag`alligi darajasi 1,6 baravar oshadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1