1

Farg`onada $144 mlnga elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

Iqtisodiyot 02.04.2024, 12:00
Farg`onada $144 mlnga elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

Xayrulla Bozorov Xitoyning Aleks Van boshchiligidagi “China Gezhouba Group Overseas Investment Co. LTD” kompaniyasi delegasiyasini qabul qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil fevral oyidagi “Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo`lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan, ushbu kompaniya dastlabki baholash bo`yicha jami 144 mln. dollar miqdoridagi to`g`ridan to`g`ri xorijiy investisiyalar kiritish hisobiga O`zbekiston tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo`lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish loyihasini amalga oshirishga kirishmoqda.

Bugungi uchrashuvda ushbu loyihani amalga oshirish bilan tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Viloyat hokimi elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etilishining viloyatda elektr ta`minotini yaxshilashdagi ahamiyatini ta`kidlab, loyihani amalga oshirish bilan bog`liq barcha masalalarni hal etishda doimiy ko`mak berilishini bildirdi. Belgilangan chora-tadbirlarning borishidan o`z mamnuniyatlarini bildirgan xitoyliklar, yaqin muddatda loyihaning tamal toshini qo`yishga tayyor ekanliklarini ma`lum qildilar.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1