1

Guliston tumanida suvchilar kaltaklandimi?

Jamiyat 19.04.2024, 19:41
Guliston tumanida suvchilar kaltaklandimi?

Ijtimoiy tarmoqlar orqali "Guliston tumanida suvchilar kaltaklanibdi" sarlavhasi ostida video tasvirlar tarqaldi.

Xolat Guliston tumani IIB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganilganda “Sirdaryo suv ta`minot” AJ ning Guliston tumani  bo`limi xodimlari fuqarolarning ichimlik suvlaridan mavjud bo`lgan qarzdorliklarni undirish yuzasidan Guliston tumani, Sohil mahallasida yashovchi fuqaro S.U ning yashash xonadoniga ichimlik suvidan oldindan mavjud bo`lgan qarzdorligini bir necha marotaba yuborilgan ogohlantirishlarga qaramasdan to`lamasdan kelayotganligi sababli ushbu xonadonni ichimlik suvi tarmog`idan uzush uchun borgan vaqtlarida xonadon egasi S.U va uning farzandi G.L lar mas`ullarga qarshilik ko`rsatishib ularni haqoratlaganliklari aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Sirdaryo suv ta`minot” AJ ning mas`ul xodimlarida tan jarohatlari  aniqlanmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1