1

Bayden Isroil va Ukrainaga harbiy yordam berish to`g`risidagi qonun loyihasini ma`qulladi

Dunyo 24.04.2024, 22:13
Teglar: Jo Bayden, Ukraina, Isroil va Tayvan
Bayden Isroil va Ukrainaga harbiy yordam berish to`g`risidagi qonun loyihasini ma`qulladi

Bugun 24 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollarlik harbiy yordam ko`rsatish to`g`risidagi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda Oq uy rasmiy saytida ma`lum qilindi.

Yordam paketining umumiy hajmi 95 milliard dollarni tashkil etib, shundan 61 milliard dollari Ukraina uchun mo`ljallangan.

Endi bu qaror kuchga kirishi uchun prezident Jo Bayden tomonidan imzolanishi kerak. Bayden Senatdagi ovoz berishdan so`ng hujjatni darhol imzolashga va`da bergan. Qayd etilishicha, shundan so`ng harbiy yordamning birinchi partiyasi Ukrainaga bir necha kun ichida etkaziladi.

AQSh prezidenti Jo Bayden avvalroq Kongress tomonidan ma`qullangan Ukraina, Tayvan va Isroilga yordam ko`rsatish to`g`risidagi qonunlarni imzoladi.

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina, Tayvan va Isroilga yordam ko`rsatish to`g`risidagi qonunlarni imzolaganidan keyin maxsus bayonot berdi.

Baydenning bayonotidan asosiy iqtiboslar:

Ukrainaga yangi harbiy yordamni etkazib berish yaqin soatlarda boshlanadi. Ukraina Qurolli Kuchlari havo mudofaasi, artilleriya, raketa tizimlari va zirhli texnikalar uchun o`q-dorilarni oladi;

AQShning ittifoqchilariga yordam berishi Amerikani xavfsizroq qiladi;

Putin Ukrainadan keyin NATO a`zolari hududlariga tanklar bilan bostirib kirishi mumkin;

Amerika o`z do`stlarini qo`llab-quvvatlaydi va diktatorlarga qarshi turadi;

Biz G`azo sektoriga gumanitar yordam etkazish uchun bir necha oydan beri ishlayapmiz. Qo`shma Shtatlar G`azoga 1 milliard dollarlik gumanitar yordam ajratmoqda, Isroil uni kechiktirmasdan va to`siqlarsiz etkazishi kerak.

Sharhlar

AQShda tornadodan jabr ko`rgan aholiga moddiy yordam ko`rsatiladi

12.12.2021, 17:44

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatning tornadodan eng ko`p zarar ko`rgan hududlariga zudlik bilan federal yordam yuborishni ma`lum qildi. Bu haqda Oq uy ma`lum qildi. “Prezident ushbu...
Prezident Jo Bayden Afg`onistondagi vaziyat bo`yicha bayonot berdi

15.08.2021, 09:06

Oq uy saytida Prezident Jo Baydenning Afg`onistondagi beqaror vaziyat bo`yicha bayonoti e`lon qilindi.So`nggi bir necha kun mobaynida,  milliy xavfsizlik guruhi bilan yaqin aloqadaman va ularga...
Bayden Boltiqbo`yi davlatlari rahbarlari bilan Rossiya va Xitoy "chaqiriqlari" ni muhokama qildi

14.06.2021, 18:12

AQSh prezidenti Jo Bayden Boltiqbo`yi davlatlari rahbarlari bilan "Rossiya va Xitoyning muammolarini" muhokama qildi. Bu haqda Oq uy xabariga tayanib Ria novosti xabar berdi."Prezident Jozef...
Bayden AQShning Suriyadagi havo hujumiga izoh berdi

28.02.2021, 17:45

Suriyadagi Eronparast qurolli guruhlar AQSh armiyasiga qarshi yangi hujumlarni rejalashtirayotgan edi, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden. 27 fevral kuni davlat rahbari Suriyaning sharqida Amerika tomonidan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1