1

O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarixda ilk bor Olimpiya o`yinlariga yo`llanma oldi

Sport 29.04.2024, 21:40
O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarixda ilk bor Olimpiya o`yinlariga yo`llanma oldi

Qatar mezbonligida o`tkazilayotgan U23 Osiyo kubogi yarimfinali doirasida O`zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyani mag`lub etib, finalga chiqish bilan birga o`z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo`llanma oldi.

Indoneziyaga qarshi kechgan bahsning birinchi bo`limida vakillarimiz qator imkoniyatlarga ega bo`lishsa-da, hisob ochilmadi. 

Ikkinchi bo`lim

63-daqiqada indoneziyaliklar hisobni ochgan bo`lsa-da, VAR tekshiruvidan keyin bosh hakam o`yindan tashqari holatni qayd etib, golni bekor qildi.

 

68-daqiqada esa Muhammadqodir Hamralievning uzatmasini Norchaev golga aylantirib, hisobni ochdi – 1:0.

84-daqiqada indoneziyaliklar sardori Rizqi Ridho Jasurbek Jaloliddinovga nisbatan o`ta qo`pol harakat qilgani uchun maydondan chetlatildi.

Oradan ikki daqiqa o`tib, Abduqodir Husanovning bosh bilan yo`llagan zarbasini raqib himoyachisi Arhan o`z darvozasiga kiritib qo`ydi – 2:0.

Shu tariqa, O`zbekiston olimpiya jamoasi finalga bironta gol o`tkazmay chiqdi va Parij-2024 Olimpiada yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Kapadze shogirdlari 3 may kuni finalda Iroq – Yaponiya bahsi g`olibiga qarshi maydonga tushadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1