1

AQSh Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo`llaganlikda aybladi

Dunyo 02.05.2024, 15:35
Teglar: Rossiya, AQSh, Ukraina, xloropikrin zaharli moddasi
AQSh Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo`llaganlikda aybladi

AQSh Davlat departamenti tomonidan e`lon qilingan bayonotga ko`ra, Rossiya qo`shinlari ukrainalik askarlarga qarshi xloropikrin zaharli moddasidan foydalangan. Bu haqda SNN xabar berdi. 

Vashingtonning fikricha, Moskva kimyoviy qurollardan foydalanish bo`yicha xalqaro taqiqni buzgan. Shu sababli, AQShning yangi sanksiyalar ro`yxatiga kimyoviy va biologik qurol dasturlari bilan bog`liq Rossiya Mudofaa vazirligining radiasiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo`shinlari, Rossiya amaliy akustika ilmiy-tadqiqot instituti va Rossiya Mudofaa vazirligining 48-Markaziy tadqiqot instituti, shuningdek, to`rtta kompaniya kiritilgan.

Ukraina Qurolli kuchlari ma`lumotlariga ko`ra, kamida 500 nafar ukrainalik askar organizmiga zaharli moddalar ta`siridan davolangan, bir askar ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan bo`g`ilib halok bo`lgan.

Sharhlar

Turkmanistonliklarga O`zbekiston orqali Rossiyaga borish taqiqlanmoqda

15.05.2024, 13:53

O`zbekiston orqali Rossiyaga ketayotgan Turkmaniston fuqarolari “Toshhovuz” nazorat-o`tkazish punktidan hech qanday sabablarsiz orqaga qaytarilmoqda. Bu haqda “Turkmen news” xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Turkmaniston fuqarolarini turkman chegarachilari...
Prezident Rossiyaga etib bordi

08.05.2024, 17:04

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz...
AQShda 74 yoshli ayol bankni o`marganlikda ayblanmoqda

29.04.2024, 18:03

AQShning Ogayo shtatida yashovchi 74 yoshli Enn Maers Feyrfild shahridagi bankni o`marishda ayblanmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. Tintuv chog`ida mashinadan o`g`irlik paytida qo`llangani aytilayotgan to`pponcha, shuningdek, ayolga tegishli...
Rossiya Eronga 24ta qiruvchi samolyot bermoqchi

21.04.2024, 17:45

Kelgusi haftada Rossiya Eronga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotini topshiradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri ma`lum qilgandi. Eronning bir qator OAVlarining xabar berishicha, Rossiya...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1