1

O`zbekistonda narkojinoyat sodir etgan yoshlar soni yildan yilga o`sib borayotgani aytildi

Jinoyat 13.06.2024, 18:37
O`zbekistonda narkojinoyat sodir etgan yoshlar soni yildan yilga o`sib borayotgani aytildi

Oliy Majlis Senati qo`mitasi huzurida tashkil etilgan ishchi guruh yig`ilishida O`zbekistonda o`smirlar va yoshlar o`rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste`molining oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, so`nggi uch yil (2021—2023 yillar) mobaynida mazkur yo`nalishda 25 mingga yaqin jinoyat ishi qo`zg`atilib, 17 mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 5 mingga yaqini (30 foiz) 30 yoshgacha bo`lgan shaxslarni tashkil etgan.

Tahlillarga ko`ra narkojinoyat sodir etgan yoshlarning soni yildan yilga o`sib bormoqda. Xususan, 2021 yilda bunday jinoyatlar sodir qilganlarning 23 foizni yoshlar tashkil qilgan bo`lsa, 2022 yilda 24,6 foizga, 2023 yilda esa 31,2 foizga etgan.

Internetda psixotrop moddalar savdosiga ixtisoslashgan 52 ta axborot resursi aniqlangan. Ularning 14 tasi veb-saytlarni, 38 tasi esa Telegram messenjerini tashkil etgan. Ta`kidlanishicha, Telegram kanallari orqali 120 mingga yaqin foydalanuvchi qamrab olingan.

Muhokama jarayonida ishchi guruh a`zolari tomonidan giyohvandlik va zaharvandlikka qarshi kurashish to`g`risidagi qonunchilikni takomillashtirish zarurligi, xususan, unda javobgarlik masalasini qayta ko`rib chiqish lozimligi qayd etildi hamda tegishli takliflar ishlab chiqilishiga kelishib olindi, — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1