1

Qoraqalpog`istonda IIB boshlig`i o`rinbosarini pora ustida qo`lga oldi

Jinoyat 13.06.2024, 21:44
Qoraqalpog`istonda IIB boshlig`i o`rinbosarini pora ustida qo`lga oldi

Qoraqalpog`istonda fuqaroga tegishli sirni fosh qilib, uni mansab vakolatidan foydalangan holda javobgar qilmoqchi bo`lgan IIB mansabdori tovlamachilikda ayblanmoqda. U bu harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga fuqarodan iPhone 15 Pro Max talab qilgan. 

DXX Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha boshqarmasiga murojaat qilgan fuqaro Qo`ng`irot tuman IIB boshlig`i o`rinbosarini javobgarlikka tortishni so`ragan. Murojaatchining bildirishicha, tuman IIB boshlig`i o`rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig`i, mayor unvoniga ega mansabdor uning shaxsiy sirini bilishini, agar unga iPhone 15 Pro Max olib kelmasa, o`sha sirni fosh qilib, o`zini javobgar qilmoqchiligini aytgan.

Bundan qo`rqib ketgan fuqaro DXX Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha boshqarmasiga murojaat qilib, yordam so`ragan. DXX Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda Qo`ng`irot tuman IIB boshlig`i o`rinbosari fuqarodan talab qilingan iPhone 15 Pro Maxni olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo`lga olingan. 

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1