1

Yaponiyada xavfli virus tarqalmoqda

Dunyo 17.06.2024, 09:19
Yaponiyada xavfli virus tarqalmoqda

Yaponiyada “yirtqich virus” keltirib chiqarayotgan kasallik turi tez tarqalmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Streptokokk A guruhi deb nomlanuvchi ushbu bakteriya streptokokk toksik shok sindromi rivojlanishiga olib keladi va u inson hayotiga 48 soat ichida nuqta qo`yishi mumkin.

Yaponiya milliy yuqumli kasalliklar instituti ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 2 iyuniga qadar streptokokk toksik shok bilan kasallanganlar soni 977 taga etgan va bu o`tgan yilgi antirekorddan (941 ta) oshib ketgan.

Ushbu turdagi streptokokklar odatda bolalarda angina deb ataladigan tomoq shishi va og`rig`iga sabab bo`ladi. Bo`g`imlarda og`riq va shish, yuqori isitma, past qon bosimi, shuningdek, nafas olishdagi muammolari, to`qimalar nekrozi hamda organlar tizimi etishmovchiligi kasallikning asosiy belgilari hisoblanadi.

Olimlarning ta`kidlashicha, o`limning aksariyati alomatlar boshlanganidan keyin 48 soat ichida sodir bo`ladi.

Tokio tibbiyot universiteti professori Ken Kikuchining so`zlariga ko`ra, hozirgi tarqalish sur`atida Yaponiyada kasallikka chalinganlar soni yil oxirigacha 2,5 ming kishiga etishi mumkin, o`lim darajasi esa 30 foizni tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1