1

Bugun Ozarbayjon Qurolli Kuchlar kunini nishonlamoqda

Dunyo 26.06.2024, 12:15
Bugun Ozarbayjon Qurolli Kuchlar kunini nishonlamoqda

Ozarbayjonda Milliy Qurolli Kuchlarni shakllantirish jarayoni o`tgan asr boshidan – 1918 yildan boshlab amalga oshirilmoqda. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumatining o`sha yilning 26 iyundagi qarori bilan birinchi muntazam harbiy qism - Alohida Ozarbayjon korpusi tashkil etildi. Musulmonlar korpusining Alohida Ozarbayjon korpusiga o`zgartirilishi milliy Qurolli Kuchlarni yaratish yo`lidagi muhim qadam bo`ldi.

Ozarbayjon Demokratik Respublikasining qulashi bilan mamlakatda armiya qurilishi jarayoni ham to`xtab qoldi. 1969 yilda buyuk yo`lboshchi Haydar Aliev mamlakat rahbariyatiga kelganidan keyingina harbiy kadrlar tayyorlash jarayoni ijobiy dinamika oldi. Bu milliy armiya qurilishi tarixida burilish davri bo`ldi. Shunday qilib, Jamshid Naxchivon nomidagi harbiy lisey tashkil etildi. Bu maktabning faoliyat yuritishi Ozarbayjonda harbiy ishlarga va ozarbayjon mansab zobitlarini tayyorlashga qiziqishning ortishiga olib keldi. Ozarbayjon mustaqilligi tiklangach, J.Naxchivanskiy nomidagi harbiy lisey armiya qurilishining asosiy bazalaridan biriga aylandi.

1993 yilda umummilliy lider Haydar Aliev mamlakat rahbariyatiga qaytgach, xalq talabi bilan armiya qurilishi yo`lida yangi muhim qadamlar qo`yildi. 1994 yil 12 mayda Armaniston-Ozarbayjon mojarosida o`t ochishni to`xtatishga erishilgandan so`ng Ozarbayjon milliy armiyasining shakllanishi tezlashdi. Muvaffaqiyatli olib borilayotgan siyosat samarasida Qurolli Kuchlarni moddiy-texnik ta`minotini yaxshilash, shaxsiy tarkibning ma`naviy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini yuksaltirishga alohida e`tibor qaratildi.

Ulug` yo`lboshchi Haydar Alievning 1998 yil 22 maydagi farmoniga ko`ra, alohida Ozarbayjon korpusi tashkil topgan kun – 26 iyun Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlari kuni deb e`lon qilingan va bu sana har yili bayram sifatida nishonlanadi. 

Harbiy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Haydar Aliev 1999 yil 20 fevralda harbiy bilim yurtini tashkil etish to`g`risidagi farmonga imzo chekdi. 

 Haydar Aliev boshlagan an`ananing davomi sifatida istiqlol yillarida armiya qurilishiga ustuvor ahamiyat berildi. Ozarbayjon NATO bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatgan.

Mudofaa sanoati vazirligi tomonidan 400 turdan ortiq mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarilayotgani mamlakat harbiy qudrati yuksalayotganining muhim ko`rsatkichlaridan biridir. 

Prezident Ilhom Aliev Qurolli Kuchlarni moddiy-texnika bazasini yangilash, zamonaviy infratuzilmani yaratish, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, ularning turar-joylarini yaxshilash, shuningdek, mudofaa sanoatini rivojlantirishga doimo alohida e`tibor qaratib kelmoqda.

Bugungi kunda Ozarbayjon Qurolli Kuchlari Kavkazdagi eng zamonaviy armiya hisoblanadi. 

Ozarbayjon o`z armiyasining qudrati tufayli o`z hududlarining 30 yillik bosib olinishiga chek qo`ydi. Prezident Ilhom Aliev rahnamoligida  armiya sentyabr oyida boshlangan 44 kunlik urushda tarixiy G`alabaga erishdi. 

Fuzuli, Jabrail, Zangilon, Gubadli, Shusha, Qalbajar, Agdam, Lochin viloyatlarining 300 dan ortiq aholi punktlari bosqindan ozod qilindi. Ikkinchi Qorabog` urushi davrida qo`llanilgan jangovar taktika jahon harbiy tarixida yangilik hisoblanib, tegishli oliy harbiy o`quv yurtlari darsliklarida o`rganiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1