1

Tegishli sertifikat olgan haydovchilar Evropa Ittifoqi davlatlarida faoliyat ko`rsatishi mumkin bo`ladi

Dunyo 17.06.2024, 14:02
Tegishli sertifikat olgan haydovchilar Evropa Ittifoqi davlatlarida faoliyat ko`rsatishi mumkin bo`ladi

O`zbekistondan 600 nafar haydovchini Latviyaga ishga jalb etish bo`yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston elchixonasi ko`magida 10—17 iyun kunlari Latviyaning transport va logistika sohasidagi yirik Kreiss kompaniyasi vakillarining O`zbekistonga ishchi tashrifi tashkil etildi.

Tashrif davomida Latviya tomoni Transport vazirligi, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi rahbariyati bilan muzokaralar o`tkazdi va Kreiss va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi o`rtasida Latviyaga 600 nafar haydovchilarni uyushgan tarzda ishga jalb etish bo`yicha kelishuvga erishildi.

“Vatanparvar” tashkiloti bilan ushbu uyushmaga tegishli avtomaktablar platformasida o`zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etish bo`yicha memorandum imzolandi.

Mazkur markazlarda tayyorgarlikdan o`tgan haydovchilar Evropa standartlariga mos sertifikatlar olishi va Evropa Ittifoqi davlatlarida faoliyat ko`rsatishi mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1