1

Ispaniya qurilish sektoriga O`zbekistondan ishchilar jalb qilinishi mumkin

Dunyo 30.06.2024, 11:32
Ispaniya qurilish sektoriga O`zbekistondan ishchilar jalb qilinishi mumkin

O`zbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniya Quruvchilar milliy uyushmasi prezidenti Pedro Fernandes Alen bilan muzokara o`tkazdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar bermoqda.

Unda O`zbekiston va Ispaniya o`rtasida tashqi mehnat migrasiyasi sohasida hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish va ushbu mamlakat qurilish sektoriga fuqarolarimizni ishga jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xorij tomoniga so`nggi yillarda mamlakatimizda tartibli va xavfsiz tashqi mehnat migrasiyasi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar haqida so`zlab berildi. Shuningdek, fuqarolarni xorijiy ish beruvchilarning talablariga ko`ra, turli sohalarda o`qitish va malakasini oshirish bo`yicha yaratilgan shart-sharoitlar ta`kidlandi. O`zbekiston va Evropaning etakchi mamlakatlari o`rtasida ushbu yo`nalishda aniq natijalarga erishilgani urg`ulandi.

O`z navbatida, Pedro Fernandes Alen O`zbekistonda tashqi mehnat migrasiyasi sohasida amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berdi. Uning aytishicha, O`zbekiston fuqarolari uchun xorijiy mamlakatlarda xavfsiz va tartibli mehnat faoliyatini olib borish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi rivojlanayotgan davlatlarning ijobiy ko`rsatgichlaridan biri hisoblanadi.

Quruvchilar milliy uyushmasi prezidenti Ispaniyada qurilish sohasida katta rejalar borligini, xususan 200 mingta davlat ko`chmas mulk ob`ektlarini barpo etish hamda ushbu binolarni qurish uchun 700 ming nafar ishchilarni jalb qilish ko`zda tutilganini ma`lum qildi.

Muzokaralar yakunida ushbu yo`nalishda hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1