1

Chirchiqda sotuvchi ayol o`zini yoqib yubormoqchi bo`ldi(video)

Jamiyat 01.07.2024, 13:46
Chirchiqda sotuvchi ayol o`zini yoqib yubormoqchi bo`ldi(video)

Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligi o`zini yoqib yubormoqchi bo`lgan sotuvchi ayol yuzasidan ma`lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida sotuvchi ayol qo`liga benzin solingan elim idishni olib, Milliy gvardiya xodimlari oldida o`zini yoqib yuborish bilan tahdid qilgani tasvirlangan video tarqaldi. 

Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, videoyozuvdagi shaxs Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida tug`ilgan 46 yoshli M.K. bo`lib (muqaddam uch marotaba javobgarlikka tortilgan), 10 iyun kuni savdo qoidalarini buzayotgani sababli Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan berilgan ogohlantirishlarga nisbatan o`zining noroziligini shu  harakati orqali bildirgan.

28 iyun kuni M.K qayta ogohlantirishlarga qaramay bozor hududida emas, balki sotuv uchun belgilanmagan joyda noqonuniy savdo qilayotgan vaqtda ishchi guruh tomonidan ayolga tushuntirish ishlari olib borilgan. Ushbu jarayonda fuqaro M.K xodimlarga provokasiya ko`rinishidagi salbiy xatti-harakatlarni yuzaga keltirishga uringan.

Ushbu jarayon davomida tan jarohati olganlar yo`q. Holat bo`yicha hozirda fuqaro M.K.ga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1