1

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi

Iqtisodiyot 05.07.2024, 09:00
“Biznesni rivojlantirish banki” ATBni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi

 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB  tizimida KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda bankni 2024-2026 yillarga mo`ljallangan rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi. Bu haqda bugun,  4 iyul kuni “Biznesni rivojlantirish banki”ning 2024-2026 yillarga mo`ljallangan strategiyasi: tashabbuslar va kutilmalar” mavzusida o`tkazilgan matbuot anjumanida aytib o`tildi.  

Ma`lum qilinishicha, bankning yangi Strategiyasida kelgusi 3 yildagi istiqbolli vazifalar va asosiy maqsadlar belgilab olindi. Xususan, 2026 yilgacha bank aktivlari 43,5 foizga oshirilib, bugungi 27 trln. so`mdan 62 trln.so`mga, kapital bo`yicha 3,2 trln. so`mdan 7,1 trln. so`mga etkazilishi ko`zda tutilmoqda. 

Mijozlarga eng qulay hamda foydali shartlarda mahsulotlarning taqdim etilishi natijasida, bankning kredit portfeli 25 trln.so`mga yoki 1,2 barobarga oshirilib, 46,8 trln. so`mga va depozitlar hajmi 12,2 trln. so`mga yoki 1,3 barobarga oshirilib, 21,6 trln.so`mga etkaziladi. 
Kichik biznes vakillari bo`lgan mijozlar sonini 115 mingtagacha oshirib, bozorning 17,7 foizini hamda chakana biznes mijozlari sonini 2,5 mln.tagacha oshirib, bozorning 16,7 foizini egallash belgilab olingan. 

Mijozlarning 75 foizini onlaynga o`tkazib, ularni faol mobil ilova va internet-banking foydalanuvchilariga aylantirish rejalashtirilgan. 

Anjumanda bankni 2024-2026 yillarga mo`ljallangan rivojlantirish strategiyasida ko`zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun 250 dan ortiq tashabbuslar ishlab chiqilgani ma`lum qilindi. Bunda, 27 ta tashabbus axborot texnologiyalarini rivojlantirishga, 48 tasi Inson kapitalini rivojlantirishga hamda 83 tasi Biznesni rivojlantirishga qaratilgan. 

Shundan 39 ta tashabbus kichik biznes yo`nalishida,  44 tasi esa chakana biznes yo`nalishida amalga oshiriladi. 
“Biznesngi rivojlantirish banki” ATB kelgusida yangi ish o`rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va eksportni ta`minlashga qaratilgan biznes loyihalarni moliyalashtirishda faol ishtirok etadi. Shuningdek, zamonaviy bank xizmatlarini taqdim qilish orqali moliya bozoridagi mavqeini mustahkamlashga intiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1