1

Shakar, sement va bug`doy narxi tushdi

Iqtisodiyot 01.07.2024, 20:45
Shakar, sement va bug`doy narxi tushdi

O`tgan hafta davomida, ya`ni 24 – 30 iyun kunlari “O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 898,2 mlrd so`mlik tovarlar sotilgan bo`lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 67,9% ga ko`pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 72,9% birja savdolariga, qolgan 27,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to`g`ri keldi.

Birja savdolari

Ko`rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 113,2 mlrd so`mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Shakar

O`tgan hafta davomida birja savdolariga 10 505,0 tonna shakar qo`yildi va uning 7 532,0 tonnasi, ya`ni 71,7% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 179 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 881,1 ming so`mdan 12 864,7 ming so`mgacha pasaygan.

Sement

O`tgan haftada birja savdolari orqali 118 392,0 tonna sement sotildi. O`rtacha kunlik sotuv hajmlari 23,7 ming tonnani tashkil qildi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 574,5 ming so`mdan 570,5 ming so`mgacha pasaydi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 68 ta xaridor ishtirok etdi.

Bug`doy

Birja savdolarida 13 849,0 tonna bug`doy sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 10 ta xaridor ishtirok etdi. O`rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 770,0 tonnani tashkil qildi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda bug`doyning kunlik o`rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 005,4 ming so`mdan 2 889,7 ming so`mgacha pasaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1