1

Toshkent viloyatida egizak farzand ko`rgan ayol shifokorlarning mas`uliyatsizligi sabab vafot etdi

Jamiyat 12.12.2016, 11:10
Teglar: Ayol, Toshkent, Jinoyat, Chaqaloq, Jarrohlik
Toshkent viloyatida egizak farzand ko`rgan ayol shifokorlarning mas`uliyatsizligi sabab vafot etdi

Mas`uliyatsiz shifokorlar sabab Toshkent viloyatidagi tug`ruq kompleksida salkam 2 yil avval o`lim holati qayd etildi. Uning aybdorlariga nisbatan qanday hukm o`qildi? Huquq-tartibot xodimlari bunga Qanday qonuniy baho berishdi?

2015 yil, 18 yanvar. Toshkent viloyati Olmaliq shahar tug`ruqxonasida bir o`lim qayd etildi: egizak farzandni dunyoga keltirgan ayolning hayotini shifokorlar asrab qololmadi. Bunga nima sabab yoki kim aybdor? Ayol sog`ligida muammo bo`lganmi yoki shifokorlarning aybi bilan yuz berdimi bu noxushlik? Toshkent viloyati Ohangaron shahar Bo`stonliq qishlog`i Birlik MFYdan murojaat yo`llagan Muhabbat Shodieva (marhumaning onasi) qizining o`limiga shifokorlarni aybdor deb biladi. Ammo bu ko`ngilsiz hodisa aybdorlarini topish, ularning harakatlariga qonuniy baho berish sud organlari va huquq-tartibot idoralarining zimmasidagi vazifa. M.Shodieva salkam 2 yildan buyon qizining vafotiga aybdor bo`lganlarga nisbatan chora ko`rish uchun haqiqat izlab huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib kelgan. Uning ana shu murojaatlari sabab huquq-tartibot idoralari olib borgan surishtiruv harakatlari natijasida ayrim holatlar aniqlangan.

 Shifokorlarning mas`uliyatsizligi sabab...

Tahririyatga yo`llangan ana shu mazmundagi murojaat yuzasidan ham Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan o`rganish olib borildi. Aniqlanishicha, jarrohlik amaliyotiga biriktirilgan shifokorlar 2015 yil 7 yanvarda Olmaliq shahar tug`ruq kompleksida homilador N.Yuldashevaga nisbatan kesar kesish amaliyoti o`tkazib, davolash jarayonida malakali mutaxassislar maslahatidan to`g`ri, o`rinli foydalanishmagan. O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining 574-sonli buyrug`i talablariga amal qilmasdan, bemordan jarrohlik yo`li bilan olingan yo`ldoshni sud-gistologik tekshiruviga yuborishmagan. Bemorga quyilayotgan qon va oqsil miqdorlari korreksiya qilinmasdan va tavsiya etilgan "bachadonni ortiqlari bilan olib tashlash" amaliyoti muolajasini o`z vaqtida amalga oshirmasdan vazifalarini lozim darajada bajarishmagan. Natijada bemor N.Yuldasheva 2015 yil 18 yanvar kuni shifoxonaning jonlantirish bo`limida vafot etgan.

Jinoyat ishi qo`zg`atildi

Ushbu holat yuzasidan Olmaliq shahar tug`ruq kompleksi shifokorlariga nisbatan Jinoyat Kodeksi (JK)ning 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov natijalariga ko`ra kompleks bosh shifokor o`rinbosari B.A., shifokor N.M., Z.S. va I.A.lar JKning 116-moddasi 3-qismi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan jinoyat ishlari bo`yicha Olmaliq shahar sudiga yuborilgan.

Olmaliq shahar sudining hukmiga ko`ra, sudlanuvchilar JKning 116-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilib, ularga jazo tayinlangan.

Jazo berildi, ammo...

Guvohi bo`lganingizdek, mazkur holat bo`yicha mas`uliyatsiz shifokorlarga hukm o`qildi. Ammo bu qaror onaning ko`nglini tinch­lantirgani yo`q. U ushbu holat bo`yicha tug`ruq kompleksi mas`ullarining harakatlariga ham qonuniy baho berilishini istaydi. Ehtimol uning bu urinishlari sabab holatga oid boshqa haqiqatlar ham qaror topishi mumkin, bu bizga hozircha qorong`i. Ammo bir mulohaza aniq: inson hayoti o`yinchoq emas. Unga befarq munosabatda bo`lishga hech kimning haqqi yo`q. Ayniqsa shifokorlar. Afsuski bunday holat oz bo`lsa-da uchrab turibdi. Ushbu sahifa “qahramon”lari buning yaqqol isboti.

To`g`ri, egizak farzandni dunyoga keltirgan ayolning hayot bilan vidolashishiga sababchi bo`lgan, vazifasini lozim darajada bajarmagan aybdorlar qilmishiga qonuniy baho berildi. Ammo egizak go`daklarning onasidan ayrilgani achchiq haqiqat. INSONning umriga bunday munosabatda bo`lganlarga esa har qanday jazo kamlik qiladi.

Barno MADALIEVA tayyorladi

Sharhlar

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi

16.05.2024, 13:28

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,...
Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi

14.05.2024, 14:15

Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz...
Samarqandda 8 sinf qiz chaqaloq dunyoga keltirdi

10.05.2024, 15:34

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda maktabning 8 sinf o`quvchisi ona bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi. Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8 sinf o`quvchisi, voyaga...
Toshkentda talaba yigit 5 yilga qamaldi

08.05.2024, 17:27

O`zbekiston Jahon tillari universitetining 2 bosqich talabasi bo`lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1