Argentina terma jamoasi, “Barselona” futbolchisi Lionel Messining maykasini polietilen paketdan yasab kiygan 6 yoshli, afg`onistonlik Murtazo Ahmadiy kumiri bilan Qatarda uchrashdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
2022 yilda Qatarda o`tkazilishi rejalashtirilgan futbol bo`yicha jahon chempionati tashkiliy qo`mitasi Messining bola bilan uchrashgani aks etgan videoni namoyish qildi. Uchrashuv Qatar poytaxti Doxa shahrida “Barselona”ning mahalliy klub vakillari bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazayotganida bo`lib o`tdi.
Murtazo Ahmadiy nafaqat Messi bilan uchrashdi, balki u bilan birga maydonga chiqdi. “Qatar-2022” tashkiliy qo`mitasi BMTning qochoqlar ishi bilan shug`ullanuvchi (UNHCR) agentligiga uchrashuvni tashkil etgani uchun o`z Tvitterida minnatdorchilik bildirdi.
Murtazo Ahmadiyning Messining maykasini polietilen paketdan yasab kiygan surati 2016 yilning yanvar oyida Internetda mashhur bo`lgan edi. Fevral oyida Messi bolakayga dastxat qo`ygan holda haqiqiy Argentina futbol terma jamoasining maykasini yubordi. O`shanda Afg`oniston futbol federasiyasi Murtazoga Messi bilan uchrashuv tashkil etishga va`da bergan edi.
Bu voqeadan ko`p o`tmay, Murtazoning otasiga tolibonlar “Nima uchun o`g`ling “Qur`on” o`qishning o`rniga futbol o`ynayapti?” deb tahdid qilgandan keyin u o`g`lini o`ylab, Afg`onistondan Pokistonga ko`chib ketishga majbur bo`lgani ma`lum bo`ldi.
14.01.2022, 22:06
"PSJ" hujumchisi Lionel Messi kelasi haftada umumiy guruh mashg`ulotlariga qaytadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Qayd etilishicha, Messi 15 yanvar kuni "Brest"ga qarshi o`yinda...02.01.2022, 18:42
"PSJ" jamoasi bir qator futbolchilari xizmatidan foydalana olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Lionel Messi, Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bitumazalaning...06.12.2021, 23:51
Barselona shahri ma`muriyati Lionel Messiga tegishli mehmonxonani buzib tashlashga qaror qildi. Bu haqda El Confidencial xabar berdi. Manbada aytilishicha, mazkur mehmonxona shahar qurilish qoidalariga mos kelmayapti. U “Barselona”...27.11.2021, 15:56
“PSJ” hujumchisi Lionel Messi navbatdagi “Oltin to`p”ni qo`lga kiritadi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar berdi. Argentinalik futbolchi “Oltin to`p”ni qo`lga kiritish yo`lida Robert Levandovski hamda Karim...