Angliya chempionati 18-turida “Manchester Yunayted” jamoasi o`z maydonida “Sanderlend” futbolchilarini qabul qildi.
Gollarga boy kechgan o`yinda maydon egalari 3:1 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Deyli Blind hisobni ochgan bo`lsa, 82-daqiqada Zlatan Ibrahimovich hisobni oshirdi.
86-daqiqada Zlatanning uzatmasidan so`ng Genrix Mxitaryan super gol kiritib, hisobni yirik ko`rinishga olib keldi. O`yin yakunida Fabio Borini hisobni qisqartirishga muvaffaq bo`ldi.
“Manchester Yunayted” – “Sanderlend” 3:1
Gollar: 1:0 – 39 Blind, 2:0 – 82 Ibrahimovich, 3:0 – 86 Mxitaryan, 3:1 – 90 Borini.
“Manchester Yunayted” – De Xea, Valensiya, Jons, Roxo, Blind, Kerrik, Errera, Mata (Marsyal, 74), Pogba, Lingard (Mxitaryan, 62), Ibrahimovich.
“Sanderlend” – Pikford, Jons, Jiloboji, van Anxolt, Denayer, Larsson, Ndong, Kone, Defo, Borini, Anichebe.
Ogohlantirishlar: Blind (19), Borini (61).
19.11.2021, 22:29
Angliya Premer-ligasi va NBC Universal o`zaro manfaatli shartnoma imzoladi. Bu haqda BBC xabar berdi. Qayd etilishicha, amerika teleradiokompaniyasi Premer-liga o`yinlarini ko`rsatish huquqini to`liq sotib olgan. Kelishuv qiymati 2...16.07.2017, 01:13
"Chelsi" o`zining rasmiy saytida "Monako" yarim himoyachisi Temua Bakayoko transferini e`lon qildi. 22 yoshli fransuz "Chelsi" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va yangi jamoada 14-raqam...15.07.2017, 01:22
“Tottenxem” himoyachisi Kayl Uoker faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradigan bo`ldi. Bugun shaharliklar 27 yoshli futbolchini transferini rasman e`lon qildi. Uolker “Manchester Siti” bilan 5 yillik...11.07.2017, 19:53
“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Antoni Marsyal o`z faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda La gazzetta dello Sport nashri ma`lum qildi. Italiyaning “Roma”...