Bola sog`lig`i va rivojlanishi uning harakatiga bog`liq. Lekin onaning har doim ham bunga vaqti va kuchi bo`lavermaydi, qolaversa bola ona qo`lida yurishni o`rganishga intilmaydi. Ana shunday paytda yurishga o`rgatuvchi aravachalar єo`l keladi.
Ijobiy tomonlari
1. Ko`pincha yosh ona bolaga qarash, uy ishlari va oilaning boshqa a`zolariga e`tibor ko`rsataman deb charchab єoladi. Bu esa stress holatiga tushib qolishga va laktasiyaning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bolalar aravachalari esa qo`llaringizni bo`shatib, bolani kuzatgan va u bilan gaplashib turgan holda boshqa ishlaringizni qila olishingizga imkon yaratadi.
2. Bunday aravachalar bolalarga zavq bag`ishlaydi.
3. Aravachada bola har hil harakatlarni amalga oshira oladi: turadi, qimirlaydi, yon-atrofga qaraydi va yurishga harakat єiladi.
4. Bola intelekti rivojlanadi. Kichkintoy endi vertikal holatda turib, avvallari ko`rolmagan narsalarini endi bemalol tomosha єila oladi. Bu jarayon ko`proє ma`lumot olishiga ko`maklashadi.
5. Faol harakatlar va ijobiy his-tuyg`ular butun bola tanasiga yaxshi ta`sir ko`rsatadi.
Salbiy tomonlari
7. Aravachada uzoq vaqt o`tkazish, hali suyagi qotmagan bola oyoqlariga zarar keltirib ularning deformasiyasiga olib keladi, umurtqa pog`onasida esa qiyshayish holatlari kuzatiladi.
8. Aravacha uy jixozlari va eshiklar orasida tiqilib qolishi mumkin, shunda bola asabiylashadi va sizni ko`makka chaqira boshlaydi.
9. Bolakayni aravachaga taxminan 6 oylikdan keyin, faqatgina o`zi mustaqil o`tirishni boshlaganida o`tqazing. Bolaning qovuq qismida yaralar va qizarishlar, raxit alomati, oyoq tonusi yuqori yoki past bo`lsa, tobi bo`lmasa yoki kayfiyati yo`q bo`lsa, aslo aravachaga o`tqaza ko`rmang. Shuningdek, aravachaga o`tqazishdan oldin, tovonini to`g`ri qo`yishi uchun, albatta, oyoq kiyim kiydiring. Avval 3 daqiqadan boshlang va bora-bora vaqtni ko`paytirib boring, maksimal vaqt 40 daqiqa. Bir kunda 2 marta 40 daqiqadan o`tirishi kifoya.
12.07.2017, 12:30
Kaliforniyada yashovchi 62 yoshli liviyalik Muhammad Bzik 20 yil mobaynida bedavo dardga chalingan 80 nafar bolani boqib oldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Muhammadning so`zlariga qaraganda,...12.07.2017, 11:19
Olmaota polisiyasi bolani yukxonaga joylashtirgan mashina haydovchisini qidirmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Nashrning xabar berishicha, bolani mashina yukxonasiga joylashtirgan "Folksvagen" avtomashinasi haydovchisi qonunbuzarlikka yo`l qo`ygani...12.07.2017, 09:53
Chet ellik oila Ostona shahrida o`tkazilgan EXPO-2017 ko`rgazmasi hududida 2 yoshli bolani unutib qoldirishdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Er-xotin ko`rgazmadan chiqib ketgandan keyin bolani unutib...11.07.2017, 14:32
Doim boy odamlar qanday yashashini kuzatish qiziqarli. AdMe.ru Institut Le Rosey maktabiga sayohatga chorladi. Institut Le Rosey — Shveysariyada joylashgan qadimiy maktablardan biri. Uni «qirollik...