Angliyaning amaldagi chempioni – “Lester Siti” salbiy natijalar qayd etishda davom etmoqda. Klaudio Raneri chempionlarga xos o`yin namoyish qilmayapti.
Gap shundaki, “Lester” 2017 yildan buyon APLda 5 ta o`yin o`tkazib, biror marta ham raqiblari darvozasiga yo`l topa olmadi.
“Tulkilar” avval “Midlsbro” bilan 0:0 hisobida durang o`ynadi. Keyin Raneri jamoasi "Chelsi" (0:3), "Sautgempton" (0:3), "Byornli" (0:1) va "Manchester Yunayted" (0:3) jamoalariga mag`lub bo`ldi.
Klaudio Raneri shogirdlari yangi yilda Angliya kubogining "Everton" (2:1) va "Derbi" (2.2) jamoalariga qarshi o`yinda gol urishni uddalagan.
15.03.2023, 11:00
FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...07.05.2022, 09:03
Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...19.11.2021, 22:29
Angliya Premer-ligasi va NBC Universal o`zaro manfaatli shartnoma imzoladi. Bu haqda BBC xabar berdi. Qayd etilishicha, amerika teleradiokompaniyasi Premer-liga o`yinlarini ko`rsatish huquqini to`liq sotib olgan. Kelishuv qiymati 2...23.10.2021, 22:16
Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...