1

​22 yoshli qizning boshi uchun jangarilar bir million dollar mukofot puli e`lon qildi

Dunyo 10.02.2017, 13:52
Teglar: Dollar, Islom davlati, BMT, DAISh, Talaba, Jinoyat, Qiz
​22 yoshli qizning boshi uchun jangarilar bir million dollar mukofot puli e`lon qildi

“Islom davlati” terrorchilik guruhi, 100 ta jangarini yo`q qilgan daniyalik talaba qiz Joanna Palanining boshini keltirgan odamga bir million dollar mukofot puli berishini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

22 yoshli qiz kurdlar bilan birgalikda IShIDga qarshi janglarda ishtirok etgan. Palani 1993 yilda BMTning Iroqdagi Ramadi qochoqlar lagerida dunyoga kelgan. Uning oilasi bu erga Eronda bo`lib o`tgan Islom inqilobidan keyin ko`chib kelgan. Keyinchalik ular Daniyaga ko`chib o`tishgan. Joanna maktabni, kollejni Daniyada bitirib, sport va miltiq otish mashg`ulotlari bilan shug`ullandi. Qiz 2011 yilda Suriyaga hukumat armiyasi bilan jang qilish uchun keldi, ammo keyinchalik IShID jangarilariga qarshi bo`lgan janglarda ishtirok etdi. Palani Kobani shahrini jangarilardan himoya qilish uchun bo`lgan jangda faol qatnashdi. O`q otish sirlarini puxta o`zlashtirgan qiz oddiy talabadan tajribali snayperga aylandi va yuzga yaqin jangarilarning yostig`ini quritdi.

Sharhlar

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

22.05.2024, 16:11

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 23 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 15,86  so`mga oshib, 12 724,72 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 18,38...
Dollarning rasmiy kursi tushdi

20.05.2024, 16:09

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 21 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 7,17 so`mga tushib, 12 687,70 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 23,94...
Dollarning rasmiy kursi so`mga nisbatan ancha ko`tarildi

10.05.2024, 16:28

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 8 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 23,08 so`mga oshib, 12 7118,08so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 61,70so`mga oshib,...
Toshkentda talaba yigit 5 yilga qamaldi

08.05.2024, 17:27

O`zbekiston Jahon tillari universitetining 2 bosqich talabasi bo`lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1