1

​Qirg`iziston sobiq prezidentining o`g`li uchinchi marotaba umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Dunyo 16.05.2017, 14:39
Teglar: Jazo, Qirg`iziston
​Qirg`iziston sobiq prezidentining o`g`li uchinchi marotaba umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Bishkek shahrining Pervomay tuman sudi Qirg`izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakievning o`g`li Maksim Bakievni korrupsiya va katta miqdordagi pulni o`zlashtirishda ayblab, sirtdan uchinchi marotaba umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

2014 yilning oktyabr oyida mazkur sud Maksim Bakievni “Aziyauniversalbank” hisobidan 50 million dollar mablag`ni o`zlashtirganlikda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 2014 yilning aprel oyida esa Maksim Bakiev biznesmen Shon Deylning joniga qasd qilishda ayblanib, ikkinchi marotaba umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Qirg`izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiev 2010 yilda lavozimidan ayrilgach, Belorus respublikasiga qochib ketgan edi. Uning o`g`li Maksim ayni paytda Buyuk Britaniyaning London shahrida muhojir-qochoq maqomida istiqomat qilmoqda.

Sharhlar

Qirg`izistonda bolalarni ommaviy tadbirlarga jalb etish taqiqlandi

07.05.2024, 14:50

Qirg`izistonda bolalarni ommaviy tadbirlarga jalb etish taqiqlandi.Qirg`izistonda bolalarni ommaviy tadbirlar o`tkazish uchun jalb qilish taqiqlandi. Tegishli topshiriq Vazirlar mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov tomonidan berilgan. Bu...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin Qirg`izistonga keldi. Bu uning Japarov davridagi ilk tashrifi

09.12.2022, 09:30

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg`izistonga keldi. Bu haqda "Sputniq Qirg`iziston" xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, Rossiya prezidentini "Manas" aeroportida Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Administrasiyasi rahbari...
Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov 2010 yilgi O`sh voqealari bo`yicha sudga chaqirildi

02.12.2022, 09:31

Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi 2010 yil iyun voqealari bo`yicha jinoyat ishini ko`rishda davom etmoqda. Bu haqda "24.kg" xabar qildi. Dastlab sudga sobiq prezident Almazbek Atambaev keltirildi. Sudga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1