Braziliyada er osti yo`li orqali “ozodlikka chiqishga” muvaffaq bo`lgan 90 nafar mahbuslar qidirilmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru .
Voqea mamlakatning shimolida joylashgan Riu-Grandi-du-Norti shtatidagi qamoqxonada ro`y berdi. Mahbuslar 30-40 metrli er osti yo`lini qazishgan. Do`stlariga yordam berish uchun qamoqxonadagi boshqa mahbuslar ataylab, tartibsizlikni yuzaga keltirib, qo`riqchilarning diqqatini o`ziga jalb etgan.
Qochoqlar Paraiba va Riu-Grandi-du-Norti shtatlarida mavjud bo`lgan 36 ta shahardan qidirilmoqda, ularning 8 nafari qo`lga olindi.
Muassasa rahbariyatining ma`lumot berishicha, qochoqlarni ko`chada avtomashina kutgan, shu bilan birga ular fuqarolik kiyimini kiyishga ham ulgurishgan. 2017 yilning yanvar oyida mazkur qamoqxonadan 14 nafar mahbus qochib ketgan edi.
03.05.2024, 18:04
Xitoy va Braziliyada kuchli yog`ingarchiliklar yuz bergani oqibatida ko`plab insonlar vafot etgani edi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy va Braziliya davlatlariga hamdardlik bildirdi.Ma`lum bo`lishicha, Braziliya...23.01.2023, 11:44
Braziliya va Argentina rasmiylari umumiy valyuta yaratish ustida ish boshlaydilar, dedi ikki mamlakat prezidentlari Luis Inasiu Lula da Silva va Alberto Fernandes. "Biz umumiy Janubiy Amerika...09.01.2023, 10:21
Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva norozilik namoyishlari tufayli mamlakat poytaxtida yanvar oyi oxirigacha favqulodda holat e`lon qildi. Shuningdek, u tartibsizliklarni keltirib chiqarganlarni jazolashga...27.12.2022, 09:31
Braziliyalik futbol qiroli Pelening ahvoli yomonlashdi. U allaqachon oilasi bilan xayrlashdi.Tadbirkor Frank Xolidning aytishicha, Pelening ahvoli og`ir. “Kasalxonada bo`lishda davom etayotgan Pele oilasi va do`stlari...