Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o`rin olgan Eron – O`zbekiston (2:0)2:0) uchrashuvidan keyin o`tkazilgan matbuot anjumanida eronliklar ustozi Karlush Keyrush o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
“O`yin oson kechdi deb ayta olmayman. Raqib ko`p vaziyatlarda bizga qiyinchilik tug`dirdi. Ammo tartibli o`yin ko`rsatib, o`z maqsadimizga erishdik. Bu kunga qadar erishilgan natijalarning barchasi og`ir mehnat samarasidir. Bugun futbolchilarimni JChga yo`l olgani bilan tabriklamoqchiman. Ular barcha o`yinda ajoyib o`ynadi va har biri mundialda ishtirok etish uchun haqli.
Saralash bosqichi davomida bizni qo`llab-quvvatlagan muxlislarga ham o`z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Ularning daldasi bizning muvaffaqiyatga hissa qo`shdi. Saralash bosqichi mobaynida yuzaga kelgan bir qator muammolarga qaramay, biz barchasini engib o`tdik va bizga shuhba qilganlarga kim aslida kim ekanini isbotladik.
Bugun g`alabani nishonlaydigan kun. Ertagayoq Rossiyadagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko`rishni istardik. Biroq, bu ishda bizga to`sqinlik va boykott qilmoqchi bo`lganlar bor. JChga tayyorgarlik qanday amalga oshishini ulardan so`rang. Men, murabbiylar shtabi yoki futbolchilardan so`ramang.
Janubiy Koreya va Suriyaga qarshi o`yinlarda ham ijobiy natijani qayd etishni maqsad qilganmiz. Bugungi raqib haqida yana to`xtaladigan bo`lsam, O`zbekiston kuchli jamoa va ularga saralashning qolgan o`yinlarida omad tilayman. ”, – dedi Karlush Keyrush.
Ma`lumot uchun, 8-turdagi g`alabadan keyin Eron terma jamoasi ochkolari sonini 20 taga etkazib, muddatidan avval Rossiyadagi mundialga yo`llanma oldi. O`zbekiston 12 ochko bilan “A” guruhida uchinchi o`rinda bormoqda.
15.03.2023, 11:00
FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...07.05.2022, 09:03
Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...23.10.2021, 22:16
Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...22.10.2021, 14:47
Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...