Seshanba kuni harbiylar Bryussel vokzallaridan birida portlashni amalga oshirgan erkakni otib o`ldirdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur hodisa terakt, deb baholandi. Teraktda uning tashkilotchisidan boshqa hech kim jabrlanmadi. Belgiya poytaxtidagi markaziy temiryo`l vokzali oldida yuz bergan va polisiya tomonidan «kichik portlash», deb atalgan voqeadan so`ng jamoatchilik transporti harakati to`xtab qoldi. Zudlik bilan odamlar evakuasiya qilindi. Belgiya ommaviy axborot vositalarining xabariga ko`ra, polisiyachilar belbog`iga portlatgich bog`lab olgan insonni yo`q qilgan.
25.04.2024, 19:47
Germaniya hukumati 2030 yilgacha mamlakatda uysizlar sonini nollashtirmoqchi. Bu haqda "Deutsche Welle" xabar berdi.Federal Vazirlar mahkamasi muammoni hal qilish rejasini qabul qildi va zarur chora-tadbirlarning bir...14.11.2022, 09:28
Turkiyaning Istanbul shahri markazidagi Istiqlol ko`chasida uyushtirilgan hujumda gumonlanuvchini qo`lga olindi, deya xabar bermoqda “Anadolu”ga tayanib "interfax".Ma`lum qilinishicha, ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu yakshanba kuni...12.10.2022, 12:42
Germaniya hukumati Ukraina hududiga gumanitar yordam va qurol-yarog` etkazib berish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy sayti xabar bergan va unda etkazib berilgan...18.01.2022, 20:37
Germaniya hukumati koronavirusga qarshi vaksinasiyadan bosh tortgan shifokorlarni jiddiy ogohlantirmoqda va ularga nisbatan jiddiy talablarni kuchaytirmoqda. Bu haqda Vesti.ru xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Germaniyada sertifikatsiz tibbiyot...