1

Joli Pittga orol sovg`a qilmoqchi

Shou-biznes 26.11.2013, 12:34
Joli Pittga orol sovg`a qilmoqchi
Gollivud aktrisasi Anjelina Joli turmush o`rtog`i Bred Pittga yurak shaklidagi orolni sovg`a qilmoqchi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Nyu-Yorkdan 80 km shimolda joylashgan Petra orolining qiymati salkam 20 million dollarni tashkil etishi mumkin. Ushbu g`aroyib sovg`ani Joli turmush o`rtog`ining ellik yillik yubileyiga taqdim etmoqchi. Hozircha bu ma`lumot tasdiqlangani yo`q.

“Mirror” gazetasining yozishicha,maydoni qariyb 4,5 gektarni tashkil etuvchi orolda qurilishi 1950 yillarda Pittning sevimli arxitektori Frenk Rayt loyihasi bo`yicha boshlangan binolar majmuasi joylashgan. Bundan tashqari, u erda vertolyot maydonchasi ham bor.

18 dekabr kuni 50 yoshni qarshilaydigan Bred Pitt va uning turmush o`rtog`i Anjelina Joli bir necha yildan buyon birga yashab, olti nafar farzandni tarbiyalamoqda. Bolalarning uchtasi asrab olingan. Hozircha ular rasmiy nikohdan o`tgani yo`q. Biroq ba`zi OAV tarqatgan va tasdiqlanmagan xabarga ko`ra, ushbu juftlik o`tgan Rojdestvo paytida Karib orollarida yashirincha nikohdan o`tgan bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1