1

“Samsung”dan “Galaxy Grand 2” smartfoni

Hi-tech 26.11.2013, 15:01
“Samsung”dan “Galaxy Grand 2” smartfoni
“Samsung Electronics” kompaniyasi katta o`lchamli “Galaxy Grand 2”  smartfonini taqdim etdi. 

 Ishlab chiqaruvchilarning so`zlariga ko`ra, yangi qurilmaning unumdorligi oldingisiga
qaraganda ko`proq bo`lib, uning HD-kontent bilan ishlash imkoniyatlari yaxshilangan va
ko`plab tushunarli funksiyalari paydo bo`lgan.

Qurilma 1280 x 720 piksel echimli 5,25 dyuymli ekranga, 1,2 GGs chastotali noma`lum markadagi to`rt yadroli prosessorga ega. Frontal 1,9 megapikselli kamera HD-echimda videoga olishi mumkin. Simsiz kommunikasiyalar to`plami WiFi a/b/g/n, Bluetooth 4.0 va GPS/GLONASS tizimlarini o`z ichiga olgan.

Dasturiy asos sifatida “Android 4.3 Jelly Bean” operasion tizimi tanlangan. Apparatning
og`irligi 163 grammni tashkil etadi.

Hozircha “Samsung”  kompaniyasi “Galaxy Grand 2” planshetfonining savdoga chiqish
muddatlariga aniqlik kiritmayapti. Apparatning narxi ham sir tutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1