1

Qo`g`irchoq teatr sara asarlari namoyish etildi

Shou-biznes 26.11.2013, 17:55
Qo`g`irchoq teatr sara asarlari namoyish etildi
Samarqand shahrida O`zbekiston qo`g`irchoq teatrlarining IX an`anaviy ko`rik-festivali bo`lib o`tdi.
 
“Obod turmush yili” Davlat dasturi doirasida o`tkazilgan mazkur an`anaviy ko`rik-festival O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O`zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

 
Festivaldan maqsad Vatanimiz mustaqilligini, milliy qadriyatlarimizni tarannum etishga xizmat qiluvchi sahna asarlarini targ`ib qilish, yoshlar o`rtasida ma`naviy-ma`rifiy ishlarni, badiiy jamoalar hamkorligini yanada kengaytirish hamda yosh tomoshabinlarni O`zbekiston qo`g`irchoq teatri san`atining eng sara namunalari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
 
Mamlakatimizda 37 professional teatr faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning o`ntasi qo`g`irchoq teatridir. 
 
Ijodiy festival jarayonida yurtimiz qo`g`irchoq teatrlari jamoasi faoliyati atroflicha tahlil etildi. Dramaturglar bilan teatr jamoalari o`rtasidagi hamkorlikni tobora mustahkamlash, badiiy etuk asarlarni   tomoshabinlarga taqdim etish, bunda bugungi tezkor davr bolalarining dunyoqarashi, orzu-xayollari, istak-intilishlarini inobatga olish zarurligiga   e`tibor qaratildi.

 
Festival doirasida o`tkazilgan ijodiy ko`rikda Asror Jo`raev nomidagi Samarqand viloyati qo`g`irchoq teatrining “Jayrongul” spektakli birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Qashqadaryo viloyati qo`g`irchoq teatrining “Tandir ona saxovati” spektakli ikkinchi o`ringa loyiq topildi. Uchinchi o`rin Farg`ona viloyati qo`g`irchoq teatrining “O`z uyingni o`zing qadrla!” spektakliga berildi.  
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1