1

Toshkentda erkak ayolga qurol o`qtaldi

Jinoyat 17.01.2018, 12:16
 Toshkentda erkak ayolga qurol o`qtaldi

15 yanvar kuni Uchtepa tumani hududida erkak yoqilg`i quyish shoxobchasida navbatga rioya qilmagan ayolga qarata qurol o`qtaldi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa taxminan soat 17:30 larda Uchtepa tumani hududida sodir bo`lgan. “Lasetti” rusumli avtomashina egasi ayolga shoxobcha ichkarisiga navbatsiz kirib kelganligi sababli «MRK-654K» rusumli pnevmatik pistoletini o`qtalgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqarodan «MRK-654K» rusumli pnevmatik pistolet olinib, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1