1

O`zbekiston – Belarus: Hamkorlikdagi taktik-o`quv mashg`ulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi (Foto+video)

Jamiyat 25.05.2019, 10:25
Teglar: Foto
O`zbekiston – Belarus: Hamkorlikdagi taktik-o`quv mashg`ulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi (Foto+video)

23 may kuni “Jangovar hamdo`stlik–2019” shiori ostida O`zbekiston–Belarus maxsus bo`linmalari harbiy xizmatchilari o`rtasida o`tkazilgan hamkorlikdagi maxsus taktik-o`quv mashg`ulotlarining asosiy qismi yakuniga etdi.

Mazkur mashg`ulotlarni O`zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus qurolli kuchlari delegasiyasi vakillari bevosita kuzatib bordi.

“Jangovar hamdo`stlik–2019” taktik-o`quvida rejalashtirilgan barcha mashg`ulotlar umumlashib, har ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining yuksak jangovar shayligi, tezkorligi va aniqligini ifoda etdi. Vatanimiz va mehmon harbiylari razvedka xizmatining to`liq ma`lumotlariga asosan shartli dushman o`rnashgan hududni qurshab oldi. Hamkorlikdagi maxsus bo`linmalarning “garovga” olingan shaxslarni ozod etish hamda shartli noqonuniy qurollangan to`daning so`zsiz taslim bo`lishi haqidagi talabi keskin rad etilgach, ularning mudofaa chizig`i qaqshatqich zarbalarga duchor bo`ldi.

– “Jangovar hamdo`stlik – 2019” doirasida o`tgan mashg`ulotlar har ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining zamonaviy jang amaliyotlaridagi muhim tajribalarini oshirdi, – deydi o`zbekistonlik podpolkovnik Farhod Rustamov. – Harbiy xizmatchilari shartli dushman mudofaa chiziqlarini zirxli texnika orqali yorib kirish, guruhlarga bo`lingan holda tezkor taktik harakatlar bilan qurolli to`dalarning pistirmalarini bombardimon etish, tepaliklardan arqon yordamida tushish vazifalarini a`lo darajada bajardilar.

Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Mi-8 vertolyotining desantlashtirish harakatlari shartli dushman mudofaasi ort qismini o`qqa tutish imkonini yaratdi. Garovga olingan bolalar va fuqarolarni o`zbek va belarus harbiylari betalafot evakuasiya qildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Pop tumani bo`limi va tez tibbiy yordam tezkor xodimlari tomonidan jarohatlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, evakuasiyasi amalga oshirildi, yong`inlar o`chirildi. Hudud xavfdan butkul xoli bo`ldi.

“Jangovar hamdo`stlik–2019”ning yopilish marosimida ishtirok etgan har ikki mamlakat mutasaddi vakillari mazkur zamonaviy jang amaliyoti namoyishining yuqori saviyada o`tganini e`tirof etdi. Maxsus taktik-o`quv mashg`ulotlari davomida o`rnak bo`lgan harbiy xizmatchilar har ikki mamlakat mudofaa idoralari tomonidan taqdirlandi.

Mehmonlar sharafiga Namangan viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan saylda o`zbek milliy qadriyatlari, urf-odatlari va hunarmandchilik namunalari aks etgan ekspozisiyalar, shuningdek o`zbek milliy taomlarining tayyorlanish jarayonlari haqida ma`lumot beradigan ko`rgazmalar mehmonlarda katta taassurot uyg`otdi.

Harbiy orkestr ijodiy jamoasi hamda so`lim vodiyning taniqli xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo`shiqlar barchaga bayram kayfiyatini uyg`otdi.


Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1