1

U nega qamalganini ochiqladi

Jamiyat 01.04.2024, 16:31
Teglar: Foto
U nega qamalganini ochiqladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.

2024 yil 30 mart Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Sergeli tuman sudida Solixon domla taxallusi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev ustidan sud bo`lib o`tdi.  

Qayd etilishicha, 2024 yil 30 mart kuni Sergeli tumani IIO FMB xodimlari va DXX xodimlari jinoyatda gumon qilinib, qidiruvda bo`lgan fuqaro bo`yicha qidiruv ishlari olib borish davomida, tintuv o`tkazish to`g`risidagi qarorga asosan Solixon Ortiqho`jaevning uyiga borganda xodimlarga nisbatan nosamimiy munosabatda bo`lgan.

Baland ovozda “terrorchi emasman, siyosatga qarshi emasman, jinoyatchi emasman” deb shovqin qilib, shu erdan o`tib ketayotgan fuqarolarning tinchiligini buzgan. Shuningdek, IIO xodimlari tomonidan o`ziga tegishli bo`lgan telefon apparatini taqdim qilish so`ralganida, ularga telefon apparatini taqdim etmasdan, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Sud majlisida Solixon Ortiqxo`jaev huquqbuzarlik harakatiga qisman iqrorlik bildirib, lekin baqir-chaqir qilmaganini aytib suddan unga nisbatan engillik berishni so`ragan.

Fuqaro Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan, deb topildi va unga:

183-moddasi bilan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1  baravari, ya`ni 340 000 jarima jazosi tayinlandi. Shuningdek, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida Ortiqxo`jaev Solixon Maxkamovichga uzil-kesil 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, saqlash bilan bog`liq xarajatlar uchun ma`muriy qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida, ya`ni 765 000 so`m undirilishi belgilandi.

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Vayron bo`lgan uylar, jarohat olgan odamlar va ularga yordam berayotgan xodimlar… Sergelida otgan mash`um tong (fotojamlanma)

29.09.2023, 00:10

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1