1

Qabristonda bo`sh joy yo`q. Kitobliklarni qiynayotgan muammoga qachon echim topiladi

Jamiyat 05.11.2019, 10:54
Teglar: Kitob, Qabriston
Qabristonda bo`sh joy yo`q. Kitobliklarni qiynayotgan muammoga qachon echim topiladi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “Tuyaboshi”, “Toshqishloq”, “Tuyul”, “Guzarnafas” MFY hududida yashovchi fuqarolar qabristonga mayit qo`yishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Sababi to`rtta mahallaga xizmat ko`rsatuvchi qabristonda bo`sh er maydoni yo`q. 

Ma`lum bo`lishicha, bugun aholi marhumlarni 15-20 km uzoqlikdagi qabristonlarga dafn etmoqda. Uch yil avval “Tevaboshi” mahallasidagi bo`sh yotgan “Yangier” maydonida tuman hokimligidan hulosa olinib, 3 gektar maydonda qabriston tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ammo o`sha paytdagi tuman hokimi tashabbusi bilan boshlangan ishlar, hokim vazifasidan ketgach, negadir to`xtab qolgan.

Shundan so`ng fuqarolar bu masalada xalq deputatlari Kitob tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a`zosi Yo`ldosh Tursunovga murojaat qilgan. Unda aynan qabriston uchun ajratilgan qo`shimcha er masalasida norozilik bayon etilgan. 

Xalq vakili Y.Tursunov partiya tuman kengashi vakillari bilan murojaatni o`rganish uchun mahallaga bordi. Shikoyat yo`llagan fuqarolar bilan uchrashdiva ularning e`tirozlarini tingladi.

Fuqarolarning aytishicha, dafn etish joylari uchun er ajratish, tashkil qilish, saqlash va ulardan foydalanish belgilangan qoidalarga asosan amalga oshiriladi. Lekin mas`ullar yangi qabriston uchun haligacha bo`sh er maydoni ajratmayapti.

“Joriy yilning yoz oylarida bir guruh fuqarolar mahalla yaqinidagi bo`sh er maydonini qabriston uchun ajratishni so`rab murojaat qilgan edi. Shu sababli murojaatni o`rganib, bu masala yuzasidan tuman hokimligi, tuman obodonlashtirish boshqarmalariga so`rov yubordim. Biroq hech qanday natija bo`lmadi, e`tibor sust!”, – deydi  Y.Tursunov.

Ha, bugun Kitob tumanida mazkur masala yuzasidan shunday nizoli holat yuzaga kelgan. Agar ushbu masalaga tuman mutasaddilari jiddiy e`tibor qaratishsa muammoga echim bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Namanganda bog`cha tarbiyachisi bolalarni qabristonga olib borgan

13.05.2024, 18:18

Ijtimoiy tarmoklarda Chortoq tumani, “Iftixor”  MFYning Tol ko`chasida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti bo`yicha yoritilgan maqola o`rganib chiqildi. Bu haqda Maktabgacha ta`lim agentligi darakchi’ga...
Kitob tumanidagi dehqon bozori yonib ketdi (video)

31.08.2023, 12:47

Bugun, 31 avgust kuni soat 03:53 larda Kitob Dehqon oziq-ovqat bozori hududidagi savdo do`konlaridan birida yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda...
Kitob tumani markaziy shifoxonasidagi pichoqbozlik bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

20.07.2022, 09:14

Kuni kecha, internet saytlari, telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumani tibbiyot birlashmasida bir guruh fuqarolar o`rtasida janjal yuz berganligi aks etgan videotasvirlar  e`lon qilindi. Mazkur...
Dunyodagi eng kichik kitob auksionda sotildi

23.12.2021, 22:47

Bryusseldagi Arenberg ausionida dunyodagi eng kichik kitob sotildi. Bu haqda The Guardian nashri  xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, kitobning narxi 3500 evroni tashkil qilgan. Mazkur kitob 1952 yilda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1