1

Bosh vazir: “Gaz va elektr energiya ortig`i bilan berilayotgan bo`lsa-da, xalqqacha etib bormayapti”

Jamiyat 29.11.2019, 18:01
Teglar: Bosh vazir, gaz, elektr
Bosh vazir: “Gaz va elektr energiya ortig`i bilan berilayotgan bo`lsa-da, xalqqacha etib bormayapti”

Avval xabar qilinganidek, kecha, 28 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida aholi va ijtimoiy soha ob`ektlarini energoresurslar — gaz va elektr energiya bilan ta`minlashdagi muammolarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.

«Xabar.uz» nashriga ko`ra, yig`ilishda Bosh vazir ortig`i bilan gaz, elektr energiya berilayotgan bo`lsa-da, xalqqacha etib bormayotganini keskin tanqid qilib, hamma sohada qat`iy hisob-kitob asosida tejamkorlikni yo`lga qo`ymas ekanmiz, iqtisodga e`tibor berilmas ekan, birimiz ikki bo`lmaydi, degan.

Shuningdek, energoresurslarni tejash, bu borada keng targ`ibotni yo`lga qo`yish zarurligi alohida ta`kidlangan.

«Aholining nostandart isitish qurilmalardan foydalanishi ham turli salbiy holatlarga sabab bo`lmoqda, – dedi Abdulla Aripov. – 9 holatda 27 nafar fuqaro vafot etgan. O`tgan yilga nisbatan bunday mudhish holat 1,2 foizga ortgan».

Yig`ilishda Bosh vazir ijtimoiy soha ob`ektlarini qish mavsumiga tayyorlash ishlari talab darajasida bo`lmaganini qayd etdi.

«Xalq ta`limi vazirligi tizimidagi 2 ming 558 ta maktablardagi eski qozonlardan 453 tasi (18 foizi) energiya samarador isitish qozonlariga almashtirilmagan. Natijada, ob-havoning keskin pasayib ketishi sababli, ushbu maktablarda o`quvchilar sovuq xonalarda kiyim-bosh bilan ta`lim olishga majbur bo`lmoqda.Shunday holatda ham bu sohaga mas`ul rahbarlar issiqqina xonalarida bemalol o`tirishibdi», dedi Bosh vazir.

Mavsumda ijtimoiy soha ob`ektlariga etkazib berilishi belgilangan 405 ming tonna ko`mir mahsulotlari to`liq etkazib berilgan bo`lsa-da, hududlardagi omborlardan 21 ming tonna ko`mir ijtimoiy soha muassasalari tomonidan hanuzgacha olib ketilmagan. Shu bilan birga, Xalq ta`limi (65 ming tonna), Maktabgacha ta`lim (28 ming tonna), Sog`liqni saqlash (16 ming tonna), Jismoniy tarbiya va sport (3,3 ming tonna) va Madaniyat vazirligi (1 ming tonna) tizimidagi tashkilotlar tomonidan qo`shimcha 114 ming tonna ko`mir mahsulotlariga ehtiyoj mavjud.

Hukumat qarori bilan hokimliklarga xususiy tadbirkorlarni jalb qilgan holda import ko`mir olib kelish choralarini ko`rish topshirig`i berilishiga qaramasdan, hokimliklar ko`mir import qilish ishlari bilan umuman shug`ullanayotganlari yo`q. Faqatgina markazlashgan tarzda etkazib berilayotgan ko`mirni aholiga tarqatishmoqda, xolos.

Natijada bugungi kunda aholiga ko`mir etkazib berish ishlari Qashqadaryo va Samarqandda 32 foizni, Jizzaxda 34 foizni, Buxoroda 40 foizni va Navoiyda 44 foizni tashkil etmoqda. Bu boradagi ishlar mazkur viloyatlarda mutlaqo talabga javob bermaydi.

Energiya resurlarini aholiga uzluksiz etkazib berishda albatta debitor qarzdorlikni undirish muhim hisoblanadi. Sababi bugungi kunda energiya resurslarini ishlab chiqarish hajmiga nisbatan iste`mol talabi oshib ketmoqda. Bu o`rtadagi tafovutni yopish esa, qo`shni davlatlardan energiya resurslarini import qilish hisobiga qoplanmoqda.

Yuqoridagi gaz va elektr energiyasi etkazib berishdagi kamchiliklar oxir-oqibat debitor qarzdorliklarning o`sishiga olib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan avgust oyida to`lovlardan qarzdorlikni joriy yil yakuniga qadar kamida ikki barobar qisqartirish bo`yicha topshiriq berilganiga qaramasdan, joriy yilning 1 avgust holatiga nisbatan elektr energiyasi bo`yicha 582 mlrd. so`mga (25%), tabiiy gaz uchun 991 mlrd. so`mga (13%)ga oshishiga yo`l qo`yilgan. Lekin, afsuski, ayrim hududlar rahbarlari tomonidan qarzdorlikni kamaytirish o`rniga oshishiga yo`l qo`yib berilgan.

Bosh vazir videoselektor yig`ilishida gaz va elektr energiyasidan foydalanishni nazorat qilish bo`yicha respublika shtabi qaytadan tashkil etilishi va qattiq nazoratini olib borishini ham qayd etib o`tdi.

 

Sharhlar

May oyigacha elektrga to`lov qilinsa, narxlar eski tarifda hisoblanadi

21.04.2024, 16:18

1 maygacha hisob raqam to`ldirib qo`yilsa, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo`yicha 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi. Yangi...
⚡️ Turkmaniston O`zbekistonga bepul suyultirilgan gaz beradi

04.02.2023, 11:49

Turkmaniston prezidenti O`zbekistonni do`stona va birodarlik bilan qo`llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gazni O`zbekistonga bepul o`tkazish bo`yicha farmon imzoladi. Bu haqdagi xabar mamlakat hukumati portalida e`lon qilindi. Ma`lum...
Turkmaniston O`zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi

23.01.2023, 12:13

Sal avval anomal sovuq tufayli 12 yanvarda qo`shni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat Turkmanistondan  tabiiy gaz importining to`liq to`xtashiga sabab...
Rossiya va O`zbekiston bilan gaz ittifoqi qurish masalasi muhokama qilinmadi — Qozog`iston Energetika vazirligi

13.12.2022, 11:03

Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1