Navoiy viloyatida er va xotinning urishi erkakning o`limi bilan yakun topdi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, 2019 yil 30 noyabr kuni soat 00.45 larda Navoiy viloyati Nurota tumani A.Temur MFYda yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan ayol G.R. (tadbirkor) turmush o`rtog`i, 1988 yilda tug`ilgan A.T. (ishsiz) bilan o`zaro janjallashib qoladi.
Shundan so`ng vaziyat yanayam jiddiy tus olib, ayol oshxona pichog`gi bilan erining tanasining turli qismlariga bir necha marotaba urib qasddan o`ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan G.R.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda tergov olib borilmoqda.
28.11.2022, 14:01
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida o`lim bilan yakunlangan baxtsiz hodisa yuz berdi. Hodisa bo`yicha "Navoiy kon metallurgiya kombinati" matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 26...20.07.2022, 09:14
Kuni kecha, internet saytlari, telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumani tibbiyot birlashmasida bir guruh fuqarolar o`rtasida janjal yuz berganligi aks etgan videotasvirlar e`lon qilindi. Mazkur...19.07.2022, 11:56
Davlat veterinariya xizmati xodimlari tomonidan joylarda hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Jumladan,...08.02.2022, 14:57
Kinematografiya agentligi tomonidan Kinochilar uyi hamda yurtimiz telekanallarida o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi filmlarning...