1

Andijonda ikkinchi xotin uchun sha`riy nikoh o`qigan shaxs huquqbuzarlikka tortildi.

Jamiyat 11.12.2019, 18:54
Teglar: Andijon, sha`riy nikoh
Andijonda ikkinchi xotin uchun sha`riy nikoh o`qigan shaxs huquqbuzarlikka tortildi.

Andijon viloyati Ulug`nor tumanida ochiq sud majlisi o`tkazildi.

O`tkazilgan ochiq sud majlisida A.B. (shaxsi o`zgartirilgan) tomonidan diniy marosimlar o`tkazish qoidalarini buzganligi, ya`ni joriy yilning 28 oktyabr kuni  fuqarolar O`.A. va O`.M.larga Ulug`nor tumani, “Sariq-suv” MFY hududida sha`riy nikoh o`qib nikohlab qo`yganligi aniqlandi. Bu haqda "Darakchi"ga ushbu sudni olib borgan Ulug`nor tuman ma`muriy sudining raisi Vahobjon Siddiqov ma`lum qildi.

Sudda huquqbuzar, jabrlanuvchi va guvohlarning ko`rsatuvlari tinglanib, dalillar o`rganib chiqildi.

Sud yakunida, A.B. O`zbekiston Respublikasi MJtKning 201-moddasi 2-qismi bilan (Diniy yig`ilishlar, ko`cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o`tkazish qoidalarini buzish), huquqbuzarning aybiga to`liq iqror va pushaymonligi, besh nafar farzandlari borligi inobatga olinib, MJtKning 33-moddasi qo`llanib, unga 4.460.000 so`m jarima jazosi tayinlandi.

Achinarli tomoni shundaki, fuqaro O`.A.ning qonuniy turmush o`rtog`i O`.Sh. bilan tuzilgan nikoh shartnomalari sud tomonidan bekor qilinmagan, o`rtalarida bir nafar voyaga etmagan farzandlari bor bo`lsa-da, boshqa shaxs bilan sha`riy nikohdan o`tgan, o`z o`rnida huquqbuzar A.B. ushbu holatlarga e`tibor bermasdan yuqoridagi huquqbuzarlikni sodir etgan.

Qilmishida huquqbuzarlik tarkibining mavjudligi aniqlangan A.B. ma`muriy javobgarlikka tortilishi shart ekanligini jarima jazosini to`laganida tushunib etsa kerak.

 

 

 

 

Sharhlar

Andijondagi bog`chada tarbiyachi bolani kaltakladi

22.05.2024, 14:22

Andijondagi bog`chalardan birida tarbiyachi bolani kaltaklagani aks etgan videolar yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.Videoyozuvga ko`ra, voqea 18 may sanasi 17:20...
Andijonda maktab "zamdirektori" o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilganligi aytilmoqda

15.05.2024, 14:54

Avvalroq, tarmoqlarda Andijonda maktab direktori o`rinbosari o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi. Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida...
Andijondagi "Muhtasham yuz yil" qasri... (video)

08.05.2024, 17:49

Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa Facebook’da ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan "Muhtasham yuz yil" serialidagi qasr kabi qurilgan uy qaerda ekanligi aniqlandi. Videoda tarqalgan bino Andijon viloyatining Oltinko`l tumani,...
Rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

01.05.2024, 15:06

Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1