1

Ekopartiyasi a`zosi tanqidlarga sabab bo`lgan taklifini qayta izohladi

Jamiyat 12.12.2019, 10:00
Teglar: Ekopartiya, taklif, press klub
Ekopartiyasi a`zosi tanqidlarga sabab bo`lgan taklifini qayta izohladi

Xabaringiz bor, Xalqaro press klubning navbatdagi sonida O`zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug`bek Pirmuhammedov fuqaro Toshkentga kelishidan oldin o`zining hududidagi inspektordan ro`yxatdan o`tishi bo`yicha taklifini bildirgan edi. Bu esa keng jamoatchilik tomonidan keskin tanqidlarga sabab bo`ldi.

Shundan so`ng Ekopartiya a`zosi ushub taklifini qayta izohladi

"Jonkuyar jurnalist va blogerlar! Bir narsaga e`tibor bershingizni taklif qilardim. Bildiralayotgan taklif qaysi mavzu muammosiga oidligidan kelib chiqib munosabat bildirsangiz.

Avvalo, men Ekologik partiya nomidan emas, balki mustaqil shaxs sifatida fikrimni bildirdim. Ko`rsatuv vaqtida mening shaxsiy fikrim deb ta`kidlab o`tdim.

Avvalambor, men propiska tizimiga qarshiman. Endi shaxsiy taklifimga e`tibor bersak, taklifim shundan iboratki, viloyatlardan ishlash maqsadida kelayotgan hamyurtlarimiz ma`lum bir muammolarga uchrayotgani to`g`risida bir qancha mavzular ko`tarildi. Aynan Xalqaro press klub bosh prodyuseri G`ulomjon Samadov ko`rsatuvida hamyurtlarimizni ishlab turgan joyida profilaktika inspektorlari tomonidan jarimaga tortilayotgani to`g`risida fuqarolar murojaati o`qib eshittirildi. Uch kun ichida ro`yxatga qo`ymasa qonuniy chora ko`rish kerakligi to`g`risida aytib o`tildi.

Bu muammolar to`g`risida mendan ko`ra siz yaxshiroq bilasiz. Sababi OAV vakilari xalq bilan o`zaro doimiy muloqotda. Kerak bo`lsa biz ham siz orqali eshitamiz ba`zi muammolarni. Men ishtirokchi sifatida shaxsiy fikrimni bildirganimda, yaqinlarimiz zarurat yuzasidan ishlash maqsadida kelayotgan bo`lishi mumkin. Ular ma`lum muddatga kelishsada, biz bu erda ularga ro`yxatdan o`t deb tursak, bu odamlar uchun adolatsizlik bo`lmaydimi?

Propiska masalasi juda ko`p marta ko`tarilgan. Ayniqsa, blogerlarning kanallarida to`liq yoritib berilgan. O`z fikrimni to`liq aytib berish imkon bo`lmadi, lekin qisqacha aytib o`tsam. Men propiska to`g`risida emas, balki onlayn ro`yxat, qulaylik va xavfsizlikni yaratish maqsadida taklif qildim. Toshkentga kelayotgan qadrdonlarimiz yashab turgan hududlaridagi inspektorlar tomonidan ro`yxatdan o`tishsa, Toshkentda muammolarga duch kelmasligi uchun onlayn ro`yxat olinsa va bu ro`yxat, ya`ni onlayn portal dasturi orqali aks etsa, PPS tomonidan ko`chadan ushlab ketish holatlari kuzatilganda, bu dastur hamyurtlarimiz huquqini himoya qiluvchi vosita vazifasini bajarardi. Balki shunda hamyurtlarimiz noroziligiga sabab bo`layotgan muammo qaysidir ma`noda o`z echimini topar edi. Taklifda qiyinchiliklarga duch kelayotgan hamyurtlarimizni kamsitish nazarda tutilmagan, balki ularning huquqini himoya qilish va ularga sharoit yaratish maqsadi bor edi. Vaholanki, hech birimizning haqqimiz yo`q mahalliychilik qilishga, hammamiz teng huquqli fuqoromiz. Axir O`zbekiston Respublikasida bitta yashil pasport bor. Fikrlarimni boshqacha talqin qilmaslikni so`rar edim.

Ezgulik - bu to`liq ayta olmagan so`zlardan emas, balki niyatlarga qarab baholanishi kerak deb o`ylayman”.

Sharhlar

“Do`stlik” bog`ida bironta daraxt kesilishi mumkin emas – Ekopartiya

25.04.2024, 20:59

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi “Do`stlik” (Bobur) madaniyat va istirohat bog`ining qayta rekonstruksiya qilinishi va parkga atrasionlar joylashtirilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Bu haqda O`zbekiston...
Jurnalist Ekopartiya vakillariga arqon berdi va o`zlarini daraxtga bog`lashni taklif qildi (video)

17.12.2019, 11:52

Xalqaro press klubning saylovga bag`ishlangan navbatdagi soni bo`lib o`tdi. Unda jurnalist Malohat Yo`ldosheva O`zbekiston Ekologik partiyasi vakillariga o`zlarini daraxtga bog`lashlarini taklif qildi.“Ekologik partiya tashkil topganiga 11...
Ekopartiya a`zosi Toshkentga keluvchilar uchun yangi tizimni taklif qildi, bloger unga javoban “viloyatliklarning pasporti qora bo`lsachi?” demoqda

11.12.2019, 18:36

Xalqaro press klubni navbatdagi sonida O`zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug`bek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etish bo`yicha o`zining yangicha taklifini bildirdi."Fikrimizcha, fuqaro Toshkentga kelishidan oldin...
Ekopartiya axborot xizmati rahbari qulog`ida jaranglagan savol: Nima uchun O`zbekiston Ekologik partiyasi rahbari xalqni aldadi?

18.11.2019, 12:05

 “Zarafshon” konsert (“NAESMI Media Hall”) saroyida beshta partiya vakillari ishtirokida 3 raundli "Demokratik debat" tok-shousi bo`lib o`tdi. Debatda qatnashgan “Darakchi” muxbiri Abduqodir Mo`minovning Ekopartiyaga bergan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1