1

Nurafshonda ma`suliyatsiz ota qamaldi

Jamiyat 21.12.2019, 11:30
Teglar: aliment, Nurafshon
Nurafshonda ma`suliyatsiz ota qamaldi

Mas`uliyatsiz otaga chora ko`riladi, deya xabar berdi “darakchi.uz”ga MIB.

Keltirilishicha, fuqarolik ishlari bo`yicha O`rtachirchiq tumanlararo sudining xal qiluv qaroriga ko`ra fuqaro D.Xamdamovdan voyaga etmagan ikki nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati yuzasidan, Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahar bo`limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan edi.

Ijro harakatlari jarayonida, fuqaro D.Xamdamov aliment qarzdorligini to`lashligi to`g`risida bir necha marotaba davlat ijrochisi tomonidan rasman ogohlantirilishiga qaramay, o`z farzandi uchun aliment pullarini to`lashdan ongli ravishda qasddan bosh tortib, qochib yurganligi sababli qarzdor fuqaro D. Xamdamovga nisbatan qidiruv e`lon qilingan. 

Bo`limning tezkor qidiruv xodimi tomonidan qidiruvdagi fuqaro D.Xamdamov ushlab olib kelinib, surushtiriv ishlari olib borilgan.

Surishtiruv jarayonida fuqaro D.Xamdamov aliment pullarni to`lamasligini bildirganligi sababli, ijro ishi Nurafshon shahar ma`muriy sudiga fuqaro D. Xamdamovga nisbatan ma`muriy jazo qo`llash uchun yuborildi.

Nurafshon shahar ma`muriy sudining qaroriga ko`ra D. Xamdamovga nisbatan 14 sutka qamoq jazosi belgilandi.

Sharhlar

Aliment to`lamagan ota farzandiga uy berdi

24.04.2024, 20:30

Ota aliment to`lamaganligi uchun jinoyat ishi qo`zg`atilishini eshitib, farzandi uchun uy  berdi. Bu haqda darakchi.uz’ga MIB matbuot xizmati xabar berdi. Fuqarolik ishlari bo`yicha Koson tumanlararo sudining...
Nurafshonda davlat xususiy sheriklik asosidagi 2,5 mlrd so`mga qurilgan xususiy bog`cha faoliyatini boshladi (foto)

08.11.2020, 11:43

Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 6 noyabr kuni Toshkent viloyatida press-tur tashkil etildi. Mazkur press-tur doirasida Nurafshon shahridagi xususiy «Erudit kid planet» bog`cha faoliyati bilan tanishildi.  Erudit...
Qilmishidan to`g`ri xulosa chiqargan qarzdor sud jarayonida aliment qarzdorligini to`ladi

25.09.2020, 20:26

Byuroning Sergeli tuman bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudining 06.09.23019 yildagi sud qaroriga asosan qarzdor Sh.Jalilovdan undiruvchi J.Aripbaeva foydasiga bir nafar farzandi...
Xorazmda alimentdan bo`yin tovlab yurgan otadan 21 mln so`m undirib berildi

14.09.2020, 18:31

Bugungi kunda, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan aliment to`lovlari bo`yicha qarzdorlarning mas`uliyatini oshirish borasida targ`ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.Bu  haqida MIB xabar bermoqda  Fuqarolik ishlari bo`yicha...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1