1

Xorazmda alimentdan bo`yin tovlab yurgan otadan 21 mln so`m undirib berildi

Jamiyat 14.09.2020, 18:31
Teglar: aliment
Xorazmda alimentdan bo`yin tovlab yurgan otadan 21 mln so`m undirib berildi

Bugungi kunda, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan aliment to`lovlari bo`yicha qarzdorlarning mas`uliyatini oshirish borasida targ`ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.Bu  haqida MIB xabar bermoqda  

Fuqarolik ishlari bo`yicha Bog`ot tumanlararo sudining 2013 yil  07 iyundagi sud buyrug`iga asosan Sh.Masharipovadan (taraflarning ism-familiyasi o`zgartirilgan)dan undiruvchi M.Djumaniyazov foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan edi.

Biroq, ota qonuniy talabga bo`ysunish o`rniga bo`yin tovlay boshladi. Ammo qonunga bo`ysunish, uning ijrosini ta`minlash har bir fuqaro uchun majburiydir.

MIB Xiva shahar bo`limi davlat ijrochisining qarzdorga aliment undiruvidan bo`yin tovlash borasidagi  jazolar, har qanday sharoitda ham ota o`z mas`uliyatini his etishi xususidagi tushuntirish ishlari o`z samarasini berdi. O`z xatosini tushunib etgan qarzdordan to`lanmay qolgan jami 21.568.863 so`m aliment pullari undirilib, unduruvchiga tilxat orqali topshirildi.

Byuroning Xorazm viloyati bo`limlari tomonidan aliment undiruvi bilan bog`liq ijro hujjatlari ijrosini ta`minlash davom etmoqda.

Sharhlar

Aliment to`lamagan ota farzandiga uy berdi

24.04.2024, 20:30

Ota aliment to`lamaganligi uchun jinoyat ishi qo`zg`atilishini eshitib, farzandi uchun uy  berdi. Bu haqda darakchi.uz’ga MIB matbuot xizmati xabar berdi. Fuqarolik ishlari bo`yicha Koson tumanlararo sudining...
Qilmishidan to`g`ri xulosa chiqargan qarzdor sud jarayonida aliment qarzdorligini to`ladi

25.09.2020, 20:26

Byuroning Sergeli tuman bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudining 06.09.23019 yildagi sud qaroriga asosan qarzdor Sh.Jalilovdan undiruvchi J.Aripbaeva foydasiga bir nafar farzandi...
Endi sudga aliment da`vosi uchun pul to`lamaysiz

03.02.2020, 16:09

ShUNINGDEK, JAMI 40 TA HOLAT BO`YIChA SUDGA DA`VO KIRITISh UChUN TO`LOV TO`LANMAYDIJoriy yilning 6 yanvarida Prezidentimiz tomonidan “Davlat boji to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Mazkur Qonunga ko`ra,...
Nurafshonda ma`suliyatsiz ota qamaldi

21.12.2019, 11:30

Mas`uliyatsiz otaga chora ko`riladi, deya xabar berdi “darakchi.uz”ga MIB.Keltirilishicha, fuqarolik ishlari bo`yicha O`rtachirchiq tumanlararo sudining xal qiluv qaroriga ko`ra fuqaro D.Xamdamovdan voyaga etmagan ikki nafar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1