my5

Kislorod apparati uchun onlayn navbatga qo`yuvchi telegram-bot ishga tushirildi

Hi-tech 02.08.2020, 16:41
646
Kislorod apparati uchun onlayn navbatga qo`yuvchi telegram-bot ishga tushirildi

Kislorod beruvchi apparatlar, PZR-test, MSKT bor klinikalarda onlayn navbatni tashkil qiluvchi yangi telegram-bot ishga tushirildi

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Yoshlar ishlari agentligi matbuot kotibi Nodir Abduqodirov ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qilindi.

✅ Shuningdek, Toshkent shahridagi qaysi klinikalarda MRT va MCKT uskunalari borligi, qaysi holatda klinikaga murojaat qilish mumkinligi, tuman kesimida eng yaqin va faoliyat yuritayotgan klinikalar haqida batafsil ma`lumot bera oladigan (71) 200 17 20 Call-Markazi faoliyat olib bormoqda. Markazda 12 nafar Yoshlar ishlari agentligi ko`ngilli yoshlari faoliyati yo`lga qo`yildi;

✅ telegram ijtimoiy tarmog`i orqali @Shifoline_bot ishga tushirildi. Mazkur botning vazifasi Toshkent shahrida joylashgan MSKT, PSR, kislorod beruvchi apparatlari bor klinikalarda onlayn navbatni tashkil qilishdan iborat;

✅ poytaxtimizdagi Yoshlar markazida faoliyati yo`lga qo`yilgan 1105 qisqa raqamli Call-Markazida jami 40 nafar malakali shifokor, Sog`liqni saqlash vazirligidan xodimlar va Yoshlar ishlari agentligining ko`ngilli yoshlari faoliyat olib bormoqdalar. Mazkur Call-markazga 17 kun ichida 76894 ta murojaat kelib tushdi va malakali mutaxassislar tomonidan ko`rib chiqilib murojaatchilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Шарҳлар