my5

Koronavirusdan o`zboshimchalik bilan davolanishning asosiy xatolari aniqlandi

Jamiyat 03.08.2020, 07:12
1780
Koronavirusdan o`zboshimchalik bilan davolanishning asosiy xatolari aniqlandi

Rossiya Sog`liqni saqlash vazirligining bosh kardiologi Sergey Boysovnig xabar berishicha, niqob taqib yurishdan voz kechish bu odamlarning koronavirus bo`yicha chegaralanishlarni bekor qilish jarayonidagi asosiy xatolardan biri sanaladi.

Mutaxassisning fikricha, aynan niqob infeksiyaning tarqalishini kamaytirish imkonini beradi. Shifokor, shuningdek jamoat joylarda individual himoya vositalaridan foydalanishni atrofdagilarga hurmat belgisi deb ham atadi.

Undan tashqari Boysov o`zboshimchalik bilan davolanish xavfiga ham e`tibor qaratdi. U shifokor maslahatisiz bir qator dori vositalarini qabul qilish jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkinligiga aniqlik kiritdi. Xususan, gemmorogik insult kelib chiqishi yoki oshqozon-ichak tizimida qon ketish xavfi yuzaga kelishi mumkinligiga, deb xabar beradi AIF.ru

Shu bilan birga Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni sakkiz hafta davomida uzluksiz kamayib boryapti. Yaqin o`tgan kunlar ichida mamlakatda 5 427 yangi kasallik yuqtirish holati aniqlangan.

O`z o`rnida shifokor va teleboshlovchi Elena Malsheva kimlarga niqob taqish ta`qiqlanishi haqida hikoya qilib bergan.

Шарҳлар